Ilk bor keyingi 10 yillik uçun beşta asosiy global xavfning barçasi ekologik omillar bilan boğlandi. Bu haqda Butunjahon iqtisodiy forumining «Global xavflar» hisobotida aytilgan. Hisobot Marsh & McLennan va Zurich Insurance Group kompaniyalarining hamkorligida tuzilgan.
Keyingi 10 yillikda yuz berişi mumkinligi böyiça xavf-xatarlar beştaligiga ob-havo bilan boğliq falokatlar (toşqinlar, dovullar), iqlim oqibatlarini yumşata olmaslik va ularga moslaşa olmaslik, yirik tabiiy ofatlar (zilzila, sunami), biologik turfalikning sezilarli qisqarişi va ekotizimlar barbod bölişi, texnogen ekologik zararlar va falokatlar kirgan.
Taqqoslaş uçun: 2010 yilda şunday reytingda 1-örinni aktivlar narxining keskin pasayişi, 2011 yilda böronlar va siklonlar, 2012-2014 yillarda daromadlarning turfaligi, 2015 yilda xalqaro ixtiloflar, 2016 yilda noiloj migratsiya, 2017 yildan boşlab esa ob-havo bilan boğliq xatarlar egallab kelmoqda.
Keyingi 10 yillikda ta'sir darajasi böyiça xavf-xatarlar beştaligiga iqlim oqibatlarini yumşata olmaslik va ularga moslaşa olmaslik, ommaviy qirğin qurollari qöllanişi, biologik turfalikning sezilarli qisqarişi va ekotizimlar barbod bölişi, ob-havo bilan boğliq falokatlar va suv zaxiralari taqçilligi kirgan.
2015 yilgaça bu reytingda 1-örinni aktivlarning qadrsizlanişi, soliq inqirozi kabi iqtisodiy xatarlar, 2015-2016 yillarda suv zaxiralari yetişmasligi va iqlim özgarişlariga kuçsiz munosabat, 2017-2019 yillarda esa ommaviy qirğin qurollarining qöllanişi xavfi egallagan.
Tadqiqot 750 dan köproq xalqaro mutaxassis va mas'ul şaxslar örtasida ötkazilgan sörovnomaga qurilgan. Ulardan yuz berişi ehtimoli va ta'sir darajasi böyiça asosiy xavflarni poğonalaş söralgan.












