Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan 2020 yilgi Budjetnomada 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişning maqsadlari va ustuvor yönalişlari sanab ötilgan.
Unga köra, 2020 yilda inflatsiya darajasini 12,5-13 foizgaça pasaytiriş möljallanmoqda.
2022 yilgaça bosqiçma-bosqiç inflatsiya darajasini bitta raqamli darajagaça pasaytiriş közda tutilmoqda. Bu esa öz navbatida, monetar va fiskal siyosatni qat'iylaştirişni taqozo etadi.
Xususan, foiz stavkalarini liberallaştiriş, kreditlar hajmi talabdan kelib çiqqan holda keskin ösişining oldini oliş, umumiy fiskal taqçilligini 2022 yilga borib yalpi içki mahsulot hajmiga nisbatan 1,5 foizgaça pasaytiriş lozim böladi.
2020-2022 yillarda iqtisodiy ösişning prognoz körsatkiçlarini va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaşda, pul-kredit siyosati va bank sohasini isloh qilişning asosiy yönalişlari bölib quyidagilar belgilandi:
- inflatsiyani targetlaş, milliy valuta va tölov tizimi barqarorligini ta'minlaşga yönaltirilgan pul-kredit boşqaruvini tartibga soliş vositalarining samaradorligini ta'minlaş;
- xususiy banklarni yanada rivojlantiriş, şuningdek banklarning samarali investitsion loyihalarini bozor tamoyillari asosida moliyalaştirişga yönaltiriş orqali bank sektorida raqobat muhitini yaratiş.
Sanoat sohasida 2020-2022 yillarda iqtisodiy ösişning prognoz sur'atlariga erişişda asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- Barça erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalarini kerakli muhandislik-aloqa tizimlari bilan ta'minlaşni 2022 yilgaça yakunlaş;
- Erkin iqtisodiy hududlarda 406ta investitsion loyihalarni işga tuşiriş;
- 2020-2021 yillarda kiçik sanoat hududlarida maşinasozlik, elektrotexnika, kimyo, quriliş sanoati, yengil sanoat, oziq-ovqat, farmatsevtika va boşqa tarmoqlarda zamonaviy turdagi mahsulotlarni işlab çiqariş böyiça 806ta investitsion loyihalarni amalga oşiriş.
Energetika sohasida quyidagi yönalişlarda işlar olib boriladi:
- energetika bozorini bosqiçma-bosqiç liberallaştiriş, energetikada xususiy sektor va raqobatni rivojlantiriş, iste'mol qilingan elektroenergiyani hisoblaşning zamonaviy mexanizmlarini joriy etiş va tarif tizimini optimallaştiriş;
- energiyani işlab çiqariş, uzatiş va taqsimlaşning ilğor texnologiyalarini, yuqori tejamkor uskunalarni joriy etiş orqali IESlardagi yoqilği xarajatlarini kamaytiriş (Sirdaryo IES işlab çiqariş quvvatini 150 MVtga oşiriş, Taxiatoş IESda har birining quvvati 230-280 MVt bölgan 2ta BGUni quriş möljallangan);
- modernizatsiyalaş va yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş, energetika tizimiga qayta tiklanuvçi energiya manbalarini keng joriy qiliş (2022 yil boşigaça quvvati 20 MVt.dan ortiq bölgan 2ta GES, 12ta kiçik va 10ta mini GESlarni işga tuşiriş hamda 9ta faoliyat olib borayotgan mavjud GESlarni modernizatsiya qiliş közda tutilgan);
- Toşkent, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo va Qaşqadaryo viloyatlarida joylaştiriladigan, har biri 100 MVt quvvatga ega bölgan 10ta quyoş fotoelektr stansiyalarini quriş hisobiga quyoş energiyasi imkoniyatlaridan foydalaniş.
2020-2022 yillarda neft va gaz sohalarida:
- mavjud mahsulotlarni taqsimlaş bitimlari va şartnomalaridagi şartlarni körib çiqqan holda, xalqaro neft-gaz kompaniyalari bilan hamkorlik qiliş;
- nufuzli xalqaro neft xizmatlari kompaniyalari bilan hamkorlikda neft xizmatlari bozorini yaratiş («MTG texnologiyasi böyiça metanolni benzinga qayta işlaşni taşkil etiş», «Şörtan DKM işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş», «Şörtan DKM tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilği işlab çiqariş» va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş hisobiga neft mahsulotlarini işlab çiqariş);
- xususiy tadbirkorlik sub'yektlari bilan hamkorlikni kengaytiriş asosida amaldagi işlab çiqariş quvvatlarini boşqariş samaradorligini oşiriş közda tutilgan.
2020-2022 yillarda agrar sektorni rivojlantirişning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
- paxta va boşoqli ekinlar ekilişi kamayişi hisobiga kartoşka, sabzavot, yem-xaşak va moyli ekinlar, şuningdek, yangi intensiv boğlar va uzumzorlar miqdorini oşiriş;
- qurğoqçilikka çidamli ekinlar navlarini joriy etiş hisobidan ozuqa ekinlari maydonini kengaytiriş va ularning mahsuldorligini oşiriş;
- meliorativ va irrigatsiya inşootlari tarmoğini rivojlantiriş hisobiga suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş;
- ösimliklar va hayvonlarning yangi naslçilik navlarini va zamonaviy tejamkor qişloq xöjaligi texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy etiş;
- meva va sabzavotlarni saqlaş, taşiş va sotiş infratuzilmasini kengaytiriş;
- suv resurslarini boşqariş tizimini takomillaştiriş, nasos va quvvat uskunalarini bosqiçma-bosqiç modernizatsiya qiliş va irrigatsiya inşootlarini rekonstruksiya qiliş.
Uşbu çora-tadbirlarni amalga oşiriş natijasida 2020 yilda kartoşka yetiştiriş 3,4 foizga, sabzavot 3,3 foizga, poliz ekinlari 3,1 foizga, mevalar 3,6 foizga, uzum 4,7 foizga, çorvaçilik va parrandalar 3,5 foizga, sut 4,6 foizga, tuxum 9,6 foizga köpayişi kutilmoqda.
2020-2022 yillarda xizmatlar sohasining ösiş sur'atlarini 5,7-6,2 foizga quyidagilar hisobiga oşiriş prognoz qilinmoqda:
- xizmat körsatiş korxonalarining savdo, madaniy va ommaviy obektlar va yirik transport magistrallari yaqinida joylaşişi; inson salohiyatini rivojlantiriş uçun teng imkoniyatlarni ta'minlaydigan ta'lim va soğliqni saqlaş sohasida ijtimoiy xizmatlar körsatiş;
- sohaning investitsion jozibadorligini oşiriş orqali aloqa va telekommunikatsiya tarmoqlarini yanada rivojlantiriş;
- raqamli iqtisodiyotga ötişni jadallaştiriş;
- yöl qurilişi, pulli yöllarni quriş va rekonstruksiya qiliş, transport va logistika markazlarini rivojlantiriş sohasidagi ustuvor loyihalarni amalga oşiriş;
- respublikaning turistik infratuzilmasini rivojlantiriş;
- keng turdagi savdo xizmatlarini taqdim etiş bilan zamonaviy savdo tizimlarini kengaytiriş yöli orqali savdo sohasida raqobat muhiti rivojlanişi uçun şart-şaroitlar yaratiş.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 2020 yilda iqtisodiyot va ijtimoiy soha prognoz körsatkiçlariga erişiş uçun 180-190 trln. söm hajmdagi asosiy kapitalga investitsiyalar yönaltirilişi talab etiladi.
Şuningdek, 2020 yilda 360-380 mingta yangi doimiy iş örinlarini yaratiş prognoz qilinmoqda.












