Rossiyaning yangi boş vaziri Mixail Mişustin taniqli kompozitor bölib çiqdi. “Vedomosti” naşrining manbalarga tayanib xabar berişiça, Mişustin rossiyalik taniqli qöşiqçi Grigoriy Lepsning bir neçta qöşiği musiqasi muallifi hisoblanadi.
Ma'lumotlarga köra, Mişustin Lepsning “Nastoyaşaya jyenşina”, “Zola” nomli qöşiqlari musiqasini yozgan. Bu ma'lumot Rossiya mualliflik jamiyati saytida ham keltirilgan.
Mişustinning hamkasblari va tanişlari uning lapar (çastuşka), hajviy kupletlar va epigrammalar yozişga qiziqişini ma'lum qilişgan. “Mişustin köplab musiqaçilar va şoumenlarni taniydi, Ivan Urgant va Comedy Club’ni yoqtiradi”, deyilgan naşrda.
Öz navbatida Grigoriy Leps yuqoridagi ma'lumotni tasdiqlamagan. U bu yangilikni hazil deb atagan. “Bularning barçasi miş-miş. Nimalar deyapsiz! Musiqa qayda-yu, Mişustin qayda? Siyosatçilar siyosat bilan şuğullansin, musiqani esa biz – musiqaçilarga qöyib berişsin”, deb aytgan Leps.
Biroq “Zola” va “Nastoyaşaya jyenşina” qöşiqlarining hammuallifi Aleksandr Vulix “Vedomosti”ga Mişustin ikkala kompoziyatsiyaga ham musiqa yozganini tasdiqlagan.
15 yanvarda Dmitriy Medvedev Rossiya hukumatining töliq tarkibda iste'foga ketişini ma'lum qilgan. Keyinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal soliq xizmati rahbari Mixail Mişustinning nomzodini boş vazir lavozimiga taklif qilgan. 16 yanvarda Davlat dumasi deputatlari Mişustinning nomzodini bir ovozdan ma'qullaşgan va şundan keyin Putin uni boş vazir etib tayinlaş haqidagi farmonni imzolagan.













