Joriy yilning 16 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 07:20da Rossiya Federatsiyasi Saratov oblasti Tatişev rayoni hududida sodir bölgan yöl transport hodisasi haqida xabar berilgandi.

Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Taşqi işlar vazirligi, uning hududiy konsullik xizmati xodimlari tomonidan voqeaga aniqlik kiritiş maqsadida, özaro ma'lumotlar almaşinuvini olib borildi. 

Unga köra, joriy yilning 16 yanvar kuni mahalliy vaqti bilan soat 08:20da Rossiya Federatsiyasi Saratov oblasti Tatişev rayoni hududidan ötuvçi federal ahamiyatga ega bölgan R-158 «Nijniy Novgorod-Arzamas-Saransk-Issa-Penza-Saratov» avtomobil yölining 580 km.da Polçaninovka aholi yaşaş punktidan 30 km. şimoliy-ğarbiy yönalişda «Volga-GAZ-3110» avtomobili hamda HYUNDAI miniven avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Buning oqibatida, jami 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan. Şulardan 4 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Vafot etgan fuqarolarning ikki nafari Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan. Şuningdek, 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan Saratov şahar viloyat klinik kasalxonasiga yotqizilganlar. Ularning 3 nafari özbekistonlik.

Yöl-transport hodisasi konsullik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida halok bölgan va jabrlangan fuqarolarning şaxsiga aniqlik kiritildi:

Vafot etgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari:

Boltabayev Nodir, 1979 y.t. (Farğona viloyati Quvasoy şahrida istiqomat qilgan).
Sobirov Sardorbek, 1997 y.t. (Farğona viloyati Boğdod tumanida istiqomat qilgan).

Tan jarohati olgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari:

Muxamedova Gulorom, 1968 y.t. (Samarqand viloyati Samarqand şahrida istiqomat qiladi).
Ibatov Sunnat, 1989 y.t. (Qaşqadaryo viloyati, Qarşi şahrida istiqomat qiladi).
Balliyev Isa, 1998 y.t. (Qoraqalpoğiston Respublikasi Xöjayli tumanida istiqomat qiladi).

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan tergovoldi suriştiruv işlari olib borilmoqda. Şuningdek, vafot etgan fuqarolarning qarindoşlariga xabar beriş va jasadlarini «Özbekiston havo yöllari» MAK aviatransporti orqali Özbekistonga olib keliş hamda tan jarohati olgan fuqarolarga tegişli tibbiy yordam körsatiş böyiça hamkorlikda işlar olib borilmoqda, deyiladi FVV ma'lumotida.