Viloyat hokimligini axborot xizmati xabariga köra, majlisda qatnaşgan Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Ş.Qudratxodjayevning taklifi bilan 54-Toqçiyon saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati A.Ahmedov qöşma yiğilişning raisi etib tasdiqlandi.

Qöşma majlisning kun tartibiga bitta — Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga Surxondaryo viloyatidan vakillar saylaş töğrisidagi masala kiritildi.

Deputatlar kun tartibidagi masala yuzasidan qöşma majlis işini işini olib boriş uçun işçi hay'ati, tuşgan takliflarni hisobga oliş va qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylaştiriş uçun majlis kotibiyati, Oliy Majlisi Senati a'zoligiga nomzodlar körsatiş böyiça Maslahat kengaşi, yaşirin ovoz berişni ötkaziş va uning natijalarini aniqlaş uçun Sanoq komissiyasi a'zolarini sayladilar.

Maslahat kengaşi Senat a'zolarini saylaş böyiça nomzodlarni körib çiqiş uçun maxsus ajratilgan maslahat xonasida töplandilar. Maslahatlaşuvdan söng yaşirin ovoz beriş byulleteniga kiritiş uçun Senat a'zoligiga nomzodlar böyiça taklif öqib eşittirildi. Nomzodlarning alohida-alohida eşituvi, muhokamasi va yoqlab ovoz beriş natijalariga köra ularni saylov byulleteniga kiritiş töğrisida qaror qabul qilindi.

Şundan söng deputatlar yaşirin ovoz beriş kabinalarida Senat a'zoligiga nomzodlar uçun ovoz berdilar.

Ovoz beriş natijalariga köra qöşma majlisda hozir bölgan deputatlarning ellik foizdan köp ovozini olgan 6 nafar nomzod:

3-«Darband» saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati, Surxondaryo viloyati hokimi Töra Abdiyeviç Bobolov;

4-«Yangiobod» saylov okrugidan Qiziriq tumani Kengaşi deputati, Qiziriq tumanidagi 17- umumta'lim maktabi direktori Baxtigul Abdurahmatovna Bötayeva;

21-«Jarqörğon» saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati, Termiz şahridagi «Surxon sanoat quriliş» kompaniyasi boşqaruvi raisi Bahodir Töxtayeviç Qodirov;

56-«Sariosiyo» saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati, «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi Abduğani Abdurahmonoviç Sanginov;

10-«Navoiy» saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi viloyat Kengaşi raisining keksalar va faxriylar bilan işlaş böyiça örinbosari Arziqul Çorşanbiyeviç Soatov;

1-«Boysun» saylov okrugidan viloyat Kengaşi deputati, Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Hamidoviç Toşqulov Surxondaryo viloyatdan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zoligiga saylandi.