Bugun, 19 yanvar kuni Osiyo çempionati (U-23) çorak finali doirasidagi sönggi ikkita muhim uçraşuv ötkaziladi.
Dastlabki bahsda guruhimiz ğolibi Janubiy Koreya olimpiya jamoasi Iordaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Rangsitda ötadigan bu bahs ğolibini yarim final bahsida Avstraliya jamoasi kutib turibdi.
Kunning ikkinçi öyini biz uçun muhim bahs sanaladi. Özbekiston olimpiya jamoasi çorak finalning sönggi öyinida «D» guruhi ğolibi Birlaşgan Arab Amirliklari olimpiya jamoasiga qarşi saf tortadi. Musobaqaning eng yirik stadioni - Bangkokdagi «Rajamangala» öyingohida ötadigan qarama-qarşilik ğolibini yarim final bahsida Saudiya Arabistoni jamoasi kutib turibdi.
Öyindan oldingi matbuot anjumanida BAA ustozi juftlik favoriti sifatida Özbekistonni tilga olgan bölsa, Lyubinko Druloviç şogirdlari raqibga nisbatan bir kun köp dam olganligini va guruhdagi öyinlardan farqli ravişda çorak finalda özbekistonlik futbolçilarning jismoniy holati eng yaxşi holatda bölişini ta'kidladi.
Öyindan avval aksariyat olimpiyaçilarimizning klubdagi boş murabbiylari Vadim Abramov va Röziqul Berdiyev futbolçilar bilan uçraşib, ularga ruhan dalda berişdi. Bu bahs Druloviçning ham faoliyatiga ilk baholarga sabab böladigan öyindir. Özbekiston olimpiya jamoasi bugungi muhim uçraşuvda muvaffaqiyatga erişib, Olimpiada ostonasi sanalmiş yarim final yöllanmasini qölga kiritişiga umid qilib qolamiz.
Osiyo çempionati. 1/4 final.
Janubiy Koreya – Iordaniya
Stadion: Rangsit, «Tammasat»
Öyin boşlaniş vaqti: 15:15
TV-translatsiya: «Sport»
BAA – Özbekiston
Stadion: Bangkok, «Rajamangala»
Öyin boşlaniş vaqti: 18:15
TV-translatsiya: «Sport»
Yarim final. 22 yanvar (çorşanba)
Avstraliya – J.Koreya/Iordaniya
Saudiya Arabistoni – BAA/Özbekiston
3-örin uçun öyin. 25 yanvar
Final. 26 yanvar.












