Hindiston 19 yanvarda suv osti kemalari uçun K-4 ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi, deb xabar berdi hukumat manbalariga iqtibos keltirgan holda ANI axborot agentligi.
Ma'lum qilinişiça, raketa Bengal körfazida suv ostidan uçirilgan.
K-4 ballistik raketasi örta masofalarga möljallangan bölib, turli jangovar kallaklarni, jumladan yadroviy kallakni taşiy oladi. Uni Hindiston mudofaa tadqiqotlari va işlanmalari taşkiloti “Arixant” sinfidagi suv osti kemalari uçun işlab çiqaradi. Raketalarning maksimal uçiş masofasi 3500 kmni taşkil qiladi.












