Unda «Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi reglamenti töğrisida»gi qonunning 9 moddasiga binoan partiya siyosiy kengaşi raisi Alişer Qodirov Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari etib saylandi.
Fraksiya yakunida, şuningdek, partiyaning yangi saylangan deputatlari iştirokida jurnalistlar uçun matbuot anjumani taşkil qilindi.
Anjumanda partiyalarning jamiyatda yuz berayotgan yangiliklarga saylov jarayonlari ötgandan keyin munosabati töxtab qolgani borasida savol berildi.
Savolga partiya yetakçisi Alişer Qodirov javob qaytardi.
«Biz faol saylov jarayonidan ikkinçi fazaga ötyapmiz. Bugun partiya fraksiyasi yiğilişini ötkazdik. Örtadagi qisqa muddatli vaqtda esa partiya fraksiyasini şakllantiriş, deputatlar hujjatlari bilan boğliq boşqa huquqiy jihatlar e'tiborimizni köproq tortdi. Lekin bu degani faollik tugadi, partiya faoliyati ikkinçi darajaga ötdi degani emas.
Biz bugundan boşlab partiyaning har bir a'zosining keyingi saylovlarda muvaffaqiyati uçun iş olib boramiz. Ya'ni biz jamiyatdagi har bir muammoning yeçimi uçun işlaymiz. Bu borada ijro hokimiyati bilan faol hamkorlik qilinadi», — dedi u.
Alişer Qodirov şuningdek, partiya va jamiyat örtasidagi aloqalar muntazam saqlab turilişini ta'kidlar ekan, buning uçun qonunçilik palatasiga saylangan deputatlarning okruglarida yangi ştatlar joriy qilinişi haqida gapirdi.
Jumladan, «Biz deputatning yordamçisi institutini joriy qilyapmiz. Bu partiya tomonidan moliyalaştiriladigan, [Moliya vazirligi orqali emas —Tahr.] joylarda şakllanayotgan masalalarni örganib, undan deputatni xabardor qilib turadigan şaxs böladi.
Bu institut deputat va xalq örtasidagi aloqalarning uzilib qolmasligi uçun juda muhim vositaçi böladi», — dedi partiya lideri.
Kun.uz muxbiri matbuot anjumani yakunida siyosiy partiya uçun uçun yangilik bölgan bu institut haqida Qodirovning özidan batafsil ma'lumot oldi.
«Bu institut şunday böladiki, biz 36 ta deputatimiz saylangan 58ta tumanda partiya hisobidan 36ta yangi xodimlarni işga olamiz. Ular aytiş mumkin bölsa, Toşkentda bölib turgan deputatning joylardagi «közi», «quloği» böladi.
Bu xodimlar joylardagi masalalarni örganadi va ularni deputatga yetkazadi, uning aholi bilan uçraşuvlarini taşkil qiladi.
Ularga partiya budjetidan 2-2.5 mln söm atrofida oylik beriş reja qilinyapti, şuningdek, mehnat staji ham yuritiladi.
Xodimning ma'lumoti oliy yoki örta maxsus ekanligi ahamiyatsiz. Muhimi u xalq bilan muloqot qilişda, muammolarni hal qilişda deputatga yaqin kömakçi bölsin.
Albatta, biz aytayotgan xodimlar tumanda kimningdir xizmatçisi bölmaydi. U faqat deputatga böysunuvçi, uning tavsiyasi bilan işga olinib, uning tavsiyasi bilan işdan böşatiluvçi kadr böladi», deya Alişer Qodirov sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












