Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya Qozoğistondan Belarusga neft yetkazib berilişiga qarşi çiqayotganini aytdi.

"Agarda Rossiya rozi bölsa, Qozoğiston bizga neft yetkazib berişi mumkin. Ğalati: ittifoqçimiz boşqa ittifoqçimizning bizga neft yetkazib berişiga qarşilik qilmoqda", - dedi Lukaşenko.

Belarus prezidenti hozir Minskda "töliq hajmdagi" Rossiya nefti örnini bosadigan boşqa muqobil yöl yöqligini bildirdi. 

"Ammo kelişganimizdek, diversifikatsiya qilişimiz kerak. Rossiyadan 30-40 foiz neft sotib oladigan bölişimiz kerak. Yana 30 foizini Boltiqböyidan, Ukrainadan 30 foizini sotib olişimiz kerak", - dedi u.

Xabar qilinişiça, 17 yanvar kuni Qozoğiston energetika vaziri Nurlan Nogayev "Belneftexim" konserni raisi örinbosari Andrey Bunakov bilan uçraşgan. Qozoğiston energetika vazirligining ma'lumotiga köra, tomonlar Qozoğistondan Belarusga neft va neft mahsulotlari yetkazib beriş hamda yetkazib beriladigan mahsulot hajmini muhokama qilgan.