Harvard universiteti Qur'on oyatini adolatning eng yaxshi e'tirofi deb topdi

Foto: Harward Law School
Harvard universiteti Qur'onning «Niso» surasi 135-oyatini adolat tushunchasiga berilgan eng yaxshi tavsiflardan biri sifatida tan oldi.
Oyat installyatsiya ko‘rinishida universitetning Yuridik fakulteti kutubxonasiga kirishda devorga osib qo‘yildi, deb xabar bermoqda Islam Today.

«Niso» (arabcha «Ayollar») surasining 135-oyatida shunday deyiladi:
«Ey iymon keltirganlar! Adolat bilan turing hamda agar o‘zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo‘lsa ham, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik beruvchi bo‘ling. Agar u boy bo‘lsa ham, kambag‘al bo‘lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o‘girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir».
Harvard universiteti rasmiy saytida bayon qilinishicha, oyat insoniyatning adolat va qonun ustuvorligiga bo‘lgan kuchli ehtiyojini eslatib turadi. «Ushbu so‘zlar adolat tushunchasining kuchi va shiddatini ko‘rsatib beradi», deyiladi universitet saytida.
Shuningdek, rasmiy izohda ushbu oyat guvohlik berishda haqiqatni so‘zlashning muhimligi ta'kidlangani bilan ahamiyatli ekaniga e'tibor qaratilgan.
Ma'lumot uchun, «Niso» surasining 135-oyati Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muallifligidagi «Tafsiri Hilol»da quyidagicha sharhlanadi:
«Guvohlik Alloh uchun bo‘lishi kerak. Boshqa narsa uchun emas. Biror shaxs uchun, qabila uchun emas, hizb yoki xalq uchun emas. Faqat Alloh uchun bo‘lishi kerak. Ana shundagina adolatli guvohlik bo‘ladi. Albatta, odamning o‘ziga qarshi guvohlik berishi, ota-onasiga qarshi guvohlik berishi oson emas. Lekin ilohiy ta'limot shunga iroda qiladi. Guvohlik berishda nasab omili hisobga olinmaganidek, guvohlik berilayotgan shaxsning, ya'ni ayblanuvchining ijtimoiy holati ham e'tiborga olinmaydi. Havoyi nafs o‘zini sevishga, ota-ona va qarindoshlarga yon bosishga undashi mumkin. U Zot O‘zi bilib, adolat ila jazongizni beradi. Tilingizni burib, noto‘g‘ri guvohlik berishingiz mumkin emas. Shuningdek, mas'uliyatdan qochib, guvohlik berishdan yuz o‘girishingiz ham mumkin emas».
Oyat tafsirida, shuningdek, Muhammad (s.a.v) o‘z hadislaridan birida: «Guvohlarning eng yaxshisi – so‘ralmasdan guvohlik berguvchisidir», degan so‘zlari ham keltirilgan.
Ma'lumot uchun, 1817 yilda tashkil etilgan Harvard yuridik fakulteti AQShning eng uzoq tarixga ega, uzluksiz faoliyat yuritib kelayotgan yuridik maktabi hisoblanadi. Bir qator mashhur shaxslar, jumladan AQShning 44-prezidenti Barak Obama ham bu maktabning bitiruvchisi sanaladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Irkutskda O‘zbekiston mahsulotlarini tarqatish majmuasi qurilishi mumkin
Iqtisodiyot | 09:51
-
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi
Jahon | 09:50
-
Toshkentda O‘rta transport yo‘lagi istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston | 09:33
-
Malayziya O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish loyihalariga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston | 09:13
Mavzuga oid

07:56 / 02.04.2025
Tramp Harvardni milliardlardan mahrum qilmoqchi

17:17 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi

19:21 / 13.09.2024
Raketadagi kabutar, o‘lik baliq, mast chuvalchang – Shnobel mukofotlari topshirildi

09:30 / 26.09.2023