Oltiariqlik 17 yoşli Azizbek Zaylobiddinov hozir Toşkent xalqaro Vestminster universiteti qoşidagi akademik litseyning 2-bosqiç öquvçisi. IELTS’dan 8, SAT imtihonidan 1520 ball olgan. 2024 yilda dunyoning nufuzli oliygohlaridan biri Harvard universitetiga 100 foizlik grantni qölga kiritdi. U Kun.uz bilan suhbatda top universitetga kirişning uddasidan qanday çiqqani haqida sözlab berdi.
Amerikalik öqituvçilar ingliz tiliga muhabbat uyğotgan
Törtinçi sinfgaça ixtisoslaştirilgan maktabda tahsil olganman. Matematika va ona tili fanlari kuçli öqitilgan. Keyinçalik Farğona viloyatidagi çet tillarini öqitişga ixtisoslaştirilgan davlat umumta’lim maktab-internatida öqişni davom ettirganman. Bu yerdagi öqituvçilarimiz oddiy maktab pedagoglariga nisbatan kuçliroq bölgan, hatto amerikaliklar mutahassislar ham bizga bilim bergan. Ular bir haftada bir marta darsga kirib, Amerika madaniyati haqida dars ötardi. Öşa paytlarda ingliz tilini biliş orqali qanday imkoniyatlarni qölga kiritiş mumkinligini yaxşi tuşunganman va şu tariqa bu tilni örganişga dastlabki qiziqiş paydo bölgan. Oilamiz a’zolari ingliz tili “kelajak kaliti” ekanligini anglab yetgan holda meni doim qöllab-quvvatlagan, moliyaviy tarafdan muammolar bölmagan. Sakkizinçi sinfdan ingliz tilini örganişni boşlaganman.
Maqsadlar sun’iy bölsa, motivatsiya tez sönadi
Xorijiy universitetlarga öqişga kirgan talabalarning intervyularini doimiy tarzda kuzatardim, ularning köpçiligi nufuzli oliygohlarga qabul qiliniş uçun IELTS, SAT kabi sertifikatlar talab etilişini ta’kidlaşardi. Şundan kelib çiqib, top universitetga kiriş uçun harakatni IELTS’ga tayyorlanişdan boşlaganman.
3-4 yil avval Farğonada ingliz tilini örganiş uçun imkoniyatlar kam, öqituvçilarning IELTS’dan dars beriş böyiça könikmalari yetarli emasdi. Boşlanğiç bilimlarni özim mustaqil tarzda örganman. Bir yil davomida Headway nomli kitobdan boşlanğiç tuşunçalarni özlaştirganman. Tayyorlaniş jarayonida heç kim “Azizbek, sen mana bu muddatgaça IELTS olişing kerak” deb şart qöymagan, ota-onam ham bu işni qilişga majburlamagan. Dunyoning nufuzli oliygohlarida öqişni xohlardim, bu karera uçun katta imkoniyat eşiklarini oçişini bilardim. Çetga boriş va öqiş uçun esa ingliz tilida erkin gaplaşiş talab etiladi, şu sabab til örganiş asosiy maqsadlarimdan biriga aylangan. Töqqizinçi sinfga ötganda Toşkentga kelib, IELTS könikmalarini egallaş uçun öquv markaziga bordim. Imtihonlarga puxta tayyorlanib, 7,5 ballni qölga kiritdim. Sertifikatning amal qiliş muddati öqişga hujjat topşiriş vaqtimga qadar tugab qolgani sabab IELTS imtihonini qayta topşirdim va 8 ball oldim.
SAT imtihoni IELTS’dan qiyinroq
9-sinfdan SAT’ga tayyorlanişni boşladim. Bu imtihon ingliz tili va matematika fanlaridan ötkazilib, ta’limning keyingi bosqiçiga öquvçining qay darajada tayyor ekanligini aniqlab beradi va IELTS’dan qiyinroq hisoblanadi. Mazkur imtihonni topşiriş uçun asosan matematika fani böyiça bilimlarimni mustahkamladim.
Bu fandan maktab darsligini 9-sinfgaça yaxşi öqiganlarga SAT qiyinçilik tuğdirmaydi, sababi testdagi savollarning katta qismini maktab matematikasida örgangan bilimlar bilan bemalol yeçiş mumkin, ozroq qismi universitet darsligidan tuşadi, uni SAT’ga tayyorlanayotganlar mustaqil tarzda manbalardan örganişi zarur.
Ingliz tili qismida esa “upper intermediate”, “advanced” darajadagi test topşiruvçilar yaxşi ball yiğa olişadi. Bu qismda yoziş va öqişdan savollar beriladi. Yoziş qismida yuqori ball töplaş uçun Erika Meltzerning “SAT writing: new grammar tess” kitobidan foydalaniş tavsiya etiladi. Öqiş qismidan esa YouTube, Khan akemiyasiga joylagan videodarsliklarni köriş orqali bilimlarni mustahkamlaş mumkin. Özim ayni şu usullardan foydalanganman va SAT’dan birinçi topşirişda 1480, ikkinçi urinişda 1500 ballni qölga kiritganman. Keyinçalik SAT ballimni 1520 ga kötarganman.
Til sertifikatlari universitetga olib kirib qöymaydi
Xorijiy oliygohlarga öqişga topşirmoqçi bölgan yoşlar köpinça IELTS’dan 8 yoki 9 olişim şart degan öy bilan yuradi. Aslida öqişga qabul qilişingiz uçun 7-7,5 ball bölsa ham yetadi. Til sertifikatlari universitetlar tomonidan talabalarning sessiyalarga kirganda darsni tuşuna olişi va uyga vazifalarini bajara oliş/olmasligini biliş uçun talab etiladi.
Şuningdek, qabul jarayonida IELTS, SAT, GPA kabilar öqişga kiriş böyiça topşirgan hujjatlaringiz körib çiqilişi uçun talab etiladigan ilovalar safida turadi. Oliygohga qabul qiliniş-qilinmaslikda asosiy rolni portfolio hamda inşolar hal qiladi. Özbekistonning özida IELTS’dan 8-8,5, SAT’dan 1550 balli bor yigit-qizlar juda köp, har yili 200 taga yaqin şunday talabalar top universitetlarga hujjat topşirişadi, raqobat katta.
Endi ularning orasidan Harvard kabi oliygohga bitta, uzoği ikkita (kamdan kam hollarda) talaba qabul qilinadi, ba’zida esa umuman olinmaydi. Bitta örin uçun katta raqobat içida kuraşayotganda nomzodning alohida ajralib turadigan jihatlari bölişi talab etiladi. Bu kabi jihatlar esa aynan portfolio va inşolarda aks etadi.
Portfolioni did bilan tuziş kerak
Harvardga hujjat topşirayotganda portfolioda akademik yutuqlaringiz, maktabdan taşqari sport, san’at tögaraklari va munosabaqalari, volontyorlik harakatlaridagi iştirokingiz, liderlik qobiliyati, jamoa va loyihalar boşqaruvi böyiça tajribangiz, ijodiy qobiliyatingiz aks etişi kerak. Işlar ketma-ketligining tartibli tarzda sifatli vizual dizayn, aniq izohlar bilan joylanişi yuqori ballni qölga kiritişingizga katta yordam beradi. Bundan taşqari, öqituvçilar yoki mas’ul şaxslar tomonidan yozilgan tavsiya xatlari qobiliyatlaringiz va yutuqlaringizni tasdiqlaşi orqali yaxşi ball olişingizga kömaklaşadi.
Portfolioni baholaşda jamiyatga foyda keltiradigan, qiymatli ijtimoiy loyihalardagi iştirokingiz, taşabbuskorligingiz, kirişuvçan hamda moslaşuvçanligingizga e’tibor qaratiladi. Masalan, mening portfoliomda Farğona davlat universitetida çop etiladigan jurnalda muharrirlik, “Ibrat camp” tillar oromgohida kordinatorlik, “Startap”,“Ibrat debate” loyihalaridagi taşkilotçiligim, “TedX” loyihasida notiqlik qilganim haqida yozilgan. Şuningdek, ijodkor sifatida havaskor şoirlik qobiliyatimni ham körsatib berganman.
Inşolarda hikoya usulidan foydalaning
Yozma topşiriqlarni bajarayotganda şunçaki gapirib beriş emas, tasvirlaş yani “show, don’t tell” usulidan foydalaniş tavsiya etiladi. Masalan, “yomğir yoğyapti” deyiş örniga, “yomğir tomçilari yugurib kelayotganimda közimga tuşdi, uni artiş uçun töxtaşga majbur böldim” kabi körinişda yoziş kerak.
Inşolar bir neça turlarga bölinadi, ulardan biri va asosiysi şaxsiy bayonot (personal statement) inşolari hisoblanadi. Bu inşoda özingiz haqingizda yozişingiz lozim. Unda bir voqeani şunçaki ketma-ketlikda qoğozga tuşiriş emas, holatning sizga qanday ta’sir qilganini körsatib beriş zarur. Harvardga har yili minglab nomzodlar hujjat topşiradi. Qabul xodimi inşongizni öqib körayotganda yozganlaringiz qiziq bölişi, şuningdek, unda biror xulosa çiqarişga undovçi mazmun aks etişi yuqori ball olişingizga yordam beradi.
Bundan taşqari, boşqa kiçik-kiçik inşolar ham bor. Ularda çeklov 150-200 ta sözdan iborat. Mazkur inşolardagi savollarga töğri va aniq javob beriş tavsiya etiladi. Negaki söz çeklovi tufayli fikr töliq yakunlanmay qolişi mumkin.
$360 000 grant
Harvard universiteti barça talabalarning moliyaviy ehtiyojlarini tölaqonli qondirişga harakat qiladi. Moliyaviy yordam har bir talabaga individual ravişda belgilanib, summa talabalar oilasining moliyaviy holatiga qarab taqdim etiladi. Misol uçun, oilangiz budjetida yiliga $80 000 dan kam mablağ töplansa, Harvard sizga töliq grant beradi.
Menga universitet tomonidan 4 yillik öqiş xarajatlarimni qoplaş uçun $360 000 taqdim etildi. Bu yiliga $60 000 atrofidagi kontrakt tölovim, taxminan $8 000 sarflanadigan yotoqxona, $4 000 atrofida soğlik suğurtasi, qişki va yozgi ta’tilda Amerikadan Özbekistonga kelib-ketiş va boşqa kiçik-kiçik xarajatlarimni qoplaydi. Talabaning maqsadi öqiş bölsin, boşqa narsaga çalğib qolmasin degan maqsadda Harvard turli grantlarni taqdim etadi.
Ta’lim yönalişim – davlat boşqaruvi va iqtisod. Universitetni tamomlab, Özbekistonga qaytib keliş niyatim bor. Dunyoning iqtisodi top 50 ta davlatiga Özbekistonning ham kirişini ta’minlaşga özimning hissamni qöşişni maqsad qilganman.
Töliq intervyuni Kun.uz'ning YouTube'dagi kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.
Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi
Operator: Ziyaddin Mamatjonov
Montaj ustasi: Nizomjon Toşpölatov















