AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Harvard universitetida şunday atalmiş «yahudiylarga nisbatan adovat»ga qarşi çoralarni tekşirişni boşladi. Bu uşbu ta’lim muassasasini 9 mlrd dollargaça miqdordagi federal mablağdan mahrum etişga olib kelişi mumkin.

Duşanba kuni AQŞning Ta’lim vazirligi, Soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar vazirligi hamda Boş xizmatlar boşqarmasi Harvard universiteti va uning filiallariga ajratilgan federal kontraktlar va grantlarni «yangi taşkil etilgan yahudiylarga nisbatan adovat (antisemitizm)ga qarşi kuraş böyiça qöşma işçi guruh» faoliyati doirasida «kompleks tekşiruv»dan ötkazişini e’lon qildi.

Ta’lim vaziri Linda Makmen şunday bayonot berdi: «Harvardning talabalarni yahudiylarga nisbatan adovat asosidagi kamsitişdan himoya qilişga qodir bölmasligi — bir paytning özida jamiyatni böluvçi mafkuralarni ilgari surişi evaziga erkin fikrlaşni çetga surişi — universitet nufuzini jiddiy xavf ostiga qöydi». U yana hukumat «tegişli kontrakt agentliklari bilan hamkorlikda faoliyatni töxtatiş töğrisidagi buyruqlar zaruratini baholaydi», deya qöşimça qildi.

Bayonotga köra, tekşiruv 256 mln dollarlik kontraktlar va 8,7 mlrd dollarlik köp yillik grant majburiyatlarini qamrab oladi. Undan közlangan maqsad — universitetning fuqarolik huquqlari sohasidagi majburiyatlar, jumladan, federal qoidalarga muvofiqligini kafolatlaş.

Tramp va Respublikaçi partiya oliy ta’lim muassasalariga qarşi keng qamrovli tanqid kampaniyasini yölga qöydi. Ulardagi «vouk-mafkura»ni tanqid qiliş bilan birga, antisemitizmni tekşiriş va universitet fondlariga soliq soliş kabi çora-tadbirlar bilan tahdid qilmoqda.

Duşanba kuni qabul qilingan qaror Harvardning yaqinda amalga oşirgan ehtiyot çoralariga qaramasdan qabul qilindi. Universitet yahudiylarga nisbatan adovatga qarşi kuraş böyiça işçi guruh tuzdi, universitetni antisemitizmda ayblagan talabalarning da’vo arizasi böyiça kelişuvga erişdi, Yaqin Şarq tadqiqotlari markazi rahbariyatini işdan böşatdi va Ğarb sohilidagi Birzeyt universiteti bilan hamkorlikni bekor qildi. Şuningdek, universitet kamsitiş va tazyiqlarga qarşi kuraşda erişilgan yutuqlar böyiça har yili hisobot çop etiş majburiyatini oldi.

Elita oliy öquv yurtlariga qarşi sönggi bosim Kolumbiya universitetiga ajratilgan 400 mln dollarlik federal grantlarning mart boşida qaytarib olinişi ortidan yanada kuçaydi. Bu qaror talabalar namoyişlariga nisbatan boşqaruv va intizom çoralarini özgartiriş talablari bilan boğliq ustunliklardan söng qabul qilingan edi. Bu çoralar 2023 yildan buyon universitetning ikkinçi prezidentining iste’fosiga olib keldi, biroq grant mablağlari hozirça qaytarib berilmadi.