Şveytsariyada Albert Eynşteynning tilini çiqarib turgan maşhur surati tasviri tuşirilgan dunyodagi eng kiçik oltin tanga zarb etildi.

Tanganing oğirligi 60 milligrammdan sal ortiq, diametri esa uç millimetrga yaqin. Uning qiymati çorak şveysar frankiga teng. Tangadagi suratni oddiy köz bilan körişning iloji yöq, şuning uçun kattalaştiruvçi oyna va yorituvçi uskunani öz içiga olgan alohida jamlanma ham işlab çiqarildi: ular tangani batafsil közdan keçiriş imkonini beradi.

Qayd etilişiça, bu tangani çiqarişga umrining uçdan bir qismini Şveytsariyada ötkazgan Eynşteynning özi ilhomlantirgan. 

Eynşteyn tasviri tuşirilgan tanga şveysariyalik tennisçi Rojyer Federer va quyon tasvirlangan yana ikkita tanga bilan teng çiqarildi.