Pekin transport departamenti barça şaharlararo yölovçi taşiş xizmatlari töxtatilişi töğrisida buyruq çiqardi.

"Profilaktika va epidemiya nazorati talablariga muvofiq, pekin hududlararo yöllarida avtomobilda yölovçi taşiş butunlay taqiqlanadi", - deb xabar berdi Xitoy markaziy televideniyesi.

2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan şahrida noma'lum virus tarqala boşladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va ölimga olib keladi.

Eslatib ötamiz, epidemiya qurbonlari soni 41 nafarga yetgan. Koronavirus 1200dan ortiq bemorda qayd etilgan bölib, ulardan 200dan ortiği oğir ahvolda qolmoqda.