Kundalik turmuşimizda turli holatlar bizni örab turadi. Ba'zan asabiylik, çarçoq va ortiqça diqqat kişini holdan qöyişi mumkin. Buning surunkali davom etişi esa turli kasalliklarga olib keladi.

Şunday kasalliklardan biri – asab tizimining zöriqişi sindromi. Uning sabablari, belgilari, davolaş va bu dardning oldini oliş haqida Toşkent davlat stomatologiya instituti asab kasalliklari va fizioterapiya kafedrasi katta öqituvçisi Muborak Abdullayeva zarur körsatmalar berib ötdi.

20 yillik faoliyatimga asoslanib şuni aytişim mumkinki, köpçilik yurtdoşlarimiz şifokorlarga va mutaxassislar qabuliga asab tizimi bilan boğliq muammolar sababli ham murojaat qilişadi. Bular asosan asab tizimi zöriqiş sindromlari: astenonevrotik sindrom, nevrosteniya, depressiya kabi kasalliklardir.

Kasallikning kelib çiqiş sabablari

Bu kasalliklar kelib çiqişiga sabablar juda köp. Bular içki va taşqi omillar ta'sirida yuzaga çiqadi.

Muborak Abdullayeva

Içki sabablarni körib çiqadigan bölsak, turli xil somatik, nevrologik kasalliklar bilan oğriş, boş miyaning ötkir qon aylanişi buzilişi, boş miya jarohatlarini surunkali nerv muşak ötkazuvçanligi buzilişi kasalliklari, kasallikning uzoq davom etişi, turli xil preparatlarni uzoq davr içiş kabi holatlar natijasida bemorlarda asab tizimi astinezatsiyasi yuzaga kelişi mumkin.

Endi taşqi faktorlarga keladigan bölsak, zamona şiddati, notöğri yaşaş tarzi, kunning notöğri taşkil qilinişi, ya'ni iş va dam olişning me'yorlaşmagani, uyqusizlik, jismoniy imkoniyatlarni hisobga olmay organizmga beriladigan turli zöriqişlar, vaqtida ovqatlanmaslik, şuningdek notöğri ovqatlaniş sabab bölişi mumkin.

Bundan taşqari, iş joylarining töğri taşkil qilinmasligi: yoruğlikning yetarli bölmasligi, şovqin, binoning havo sirkulyatsiyasi notöğri bölgan dim xonalarda uzoq muddat bir xil holatda ötirib işlaş ham asab tizimi astenizatsiyasiga olib kelişi mumkin.

Foto: Getty Images

Bu holatning ösmir yoşdagi bolalarda uçraşiga sabab oilaviy muhitning ta'siri ham bölişi mumkin. Oilada yöqotişlar bölganda yoki doimiy qattiq nazorat bölişi, bolada erkinlik va öziga baho beriş hissining böğib qöyilgan holatlar ham asab tizimi zöriqişiga olib keladi.

Bugungi kunda tösatdan böladigan yöqotişlar, ijtimoiy, iqtisodiy va moliyaviy masalalar bilan boğliq vaziyatlar ham asab tizimi zöriqişiga olib keladigan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Kasallik alomatlari

Asab tizimi zöriqişi sindromi bir neça xil bölib, eng köp uçraydiganlari – astenonevrotik sindrom, nevrasteniya, depressiya holatlari hisoblanadi.

Foto: Depositphotos

Alomatlar uç darajada bölib, birinçisi – dastlabki davrda iş qobiliyatining va diqqatning pasayişi, uyqu buzilişi, xotiraning kundalik holatlarda susayişi his qilinadi.

Tez çarçaş, jizzakilik va vegetativ belgilar rivojlanişi bilan boradi, ya'ni yurak tez urib ketişi (taxikardiya), terlab ketiş, qöl-oyoqlarda titraş kabi belgilar bilan keçişi mumkin.

Mana şu holatga olib keluvçi faktorlar yöqotilmaganda yoki davo muolajalari olinmaganda, kun tartibi töğri taqsimlanmasa, yuqoridagi belgilar turğun holatga ötadi.

Bu bosqiçda qon bosimi oşişi, qon aylanişi va yurak urişining buziliş belgilari, qizarib yoki oqarib ketiş, ba'zi holatlarda boşqa somatik kasalliklar fonida huşdan ketiş, jizzakilik kabi belgilar turğun holatga ötadi. Bu narsa bemorning taşqi muhitda iş, öqiş va boşqa kundalik faoliyatida öz ta'sirini körsata boşlaydi.

Kasallik uçinçi davriga ötganda esa bu faktorlar surunkali davom etişi natijasida hayotga qiziqiş sönişi, ham jismoniy, ham aqliy faoliyatining sustligi, dastlab uyqusizlik holatlari kuzatilsa, keyin uyquçanlik, jismoniy harakatlarning kamayişi, dunyoni kulrang ranglarda köriş kabi belgilar bilan keçadi.

Kasallikni davolaş

Tibbiy tajribadan kelib çiqib aytiş mumkinki, hozirgi paytda asab tizimi bilan boğliq bölgan kasalliklar böyiça şikoyat qiluvçilar soni ortib bormoqda. Buning natijasida, farmatsevtika sanoati rivojlanişi barobarida, farmatsevtika bozori ham faol rivojlanib borayotganini qayd etiş joiz.

Hozirgi paytga kelib, asab tizimi kasalliklarini davolaşda qöllaniladigan ham xorijiy, ham mahalliy antidepressantlar yoki tinçlantiruvçi preparatlardan bir qança turlari bor, ularni kombinatsiya yoki yakka holatda qabul qiliş imkoniyatlari mavjud.

Kasalliklarning darajasiga, kasallik davriga qarab turli xil preparatlarni tanlab davolaniş kerak böladi.

Mahalliy preparatlarni işlab çiqariş bugungi kunda keng yölga qöyilayotgani biz şifokorlarga davo muolajalari olib borişda qulayliklar yaratmoqda. Tajribadan kelib çiqib aytadigan bölsak, yurtimizda ösadigan dorivor giyohlar asosida tayyorlangan ayrim preparatlarning bemorlarga ta'siri juda ham ijobiy va samaralidir.

Asab tizimi kasalliklari asosan surunkali bölgani uçun uni davolaş muddati bir oydan bir neça oygaça davom etadi. Uzoq muddatli muolajada tavsiya etiladigan dori foydali jihatidan taşqari nojöya ta'siri bölmasligiga ham e'tibor beriladi. Uşbu jihatni inobatga olgan holda, tabiiy giyohlar asosida tayyorlangan preparatlar tavsiya qilinadi.

Şu örinda, ana şunday dorilardan biri haqida ma'lumot beriş joiz deb  bilaman. Bu zamonaviy texnologiya asosida, tabiiy giyohlardan tayyorlangan «KOLMSTReS» preparatidir.

U yuqorida qayd qilingan, asab tizimida uçraydigan salbiy jarayonlarning oldini oliş va davolaşda qöllaniladi, asab tizimini tinçlantiradi, kayfiyatni kötaradi, uyquni yaxşilaydi.

Tajribalar şuni körsatmoqdaki, bu preparat uzoq vaqt qabul qilinişiga qaramasdan, oşqozon-içak trakti, yurak-qon tomir sistemasiga nojöya ta'sir etmaydi va organizmda könikiş hosil qilmaydi.  

«Kolmstres»ni bolalar va homilador ayollarga ham tavsiya qilsa böladi. Ta'kidlaş lozimki, uşbu preparatni qöllaşda erişilgan samarali natijalar xususida bir neça mahalliy va xorijiy maxsus tibbiy jurnallarda klinik tadqiqotlar olib borgan mutaxassislarni maqolalari ham çop etilgan.

Kasallikning oldini oliş

Ma'lumki, kasallikni davolaşdan uning oldini oliş afzal. Şuning uçun asab tizimi zöriqişi, astinevrotik sindrom, depressiya kabi holatlarga tuşmaslikning oldini oliş eng muhim davo hisoblanadi.

Buning uçun, avvalo töğri yaşaş tarzini yölga qöyiş kerak. Iş va dam oliş faoliyati töğri taqsimlanişi, sport bilan şuğullaniş, öz vaqtida ovqatlanişni amalga oşiriş bu kasallikka çidamlilikni oşiradi.