Bugun, 27 yanvar kuni Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazida soha faoliyatiga bağişlangan press-tur ötkazildi.
Unda Toşkent şahridagi sobiq «Çorsu» mehmonxonasi ötgan yilning oktabr oyida onlayn auksionga qöyilgan bölsa-da, nega sotilmagani töğrisida izoh berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi matbuot kotibi Möminjon Ibodovning sözlariga köra, mehmonxonaning bir marta onlayn-auksionga qöyilib, söngra yana qaytarib olinişi xaridorlar uçun savdo şartlarining osonlaştirilişi bilan boğliq.
Ma'lum qilinişiça, mehmonxonani auksionga qöyiş vakolati Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Toşkent şahar boşqarmasiga tegişli. Boşqarma bir muddat mehmonxonani auksiondan olib turgan.
«Biroq 17 fevral kuni mehmonxona qaytadan onlayn auksionga çiqariladi», – dedi Elektron onlayn-auksionlarni taşkil etiş markazi direktori Muhiddin Xöjayev.

Uning aytişiça, mehmonxonaga qiziqiş katta. Çet ellik investorlar ham onlayn-auksionda qatnaşiş istagini bildirişyapti.
Ma'lumot uçun, auksion şartlariga asosan, sarmoyador 2 yil mobaynida hukumat kafolatlarisiz kamida 25,0 mln AQŞ dollarga teng ekvivalentda investitsiya kiritiş, uç yulduzli mehmonxona xizmatini taşkil etiş va 150ta yangi iş örni yaratiş majburiyatini oladi.












