Özbekistonda inflatsiyani kuzatib boriş uçun har oyda 170 turdagi oziq-ovqat, 250 turdagi nooziq-ovqat va 90 turdagi xizmatlar narxlari örganib çiqiladi. Kun.uz muxbiri Eski jöva bozorida ötkazilgan navbatdagi narx kuzatuvlarida statistika xodimlariga hamrohlik qilib, jarayon qanday keçişini örgandi.
Milliy statistika qömitasi har oy mamlakatdagi inflatsiya darajasini hisoblaş böyiça bozorlar, supermarketlar va boşqa katta-kiçik savdo tarmoqlarida narx kuzatuvlarni amalga oşiradi. Şunga asosan, har oyning sönggi kunida inflatsiya darajasi e’lon qilib boriladi.
Iste’mol narxlari indeksiga 170 turdagi oziq-ovqat, 250 turdagi nooziq-ovqat va 90 turdagi xizmatlar kiritilgan. Narxlar haqidagi ma’lumotlar oyning 10-20-sanalarida respublika böylab, odamlar köp savdo qiladigan 4 mingdan ortiq obektlardan yiğiladi. Bu jarayonda statistika xodimlari maxsus dasturga ega planşetlardan foydalanadi.
Bevosita joyiga çiqqan holda örganiladigan tovar va xizmatlar narxini xodim öşa joyga bormasdan turib dasturga kirita olmaydi, bunda planşetning geolokatsiyasi orqali xodim haqiqatan ham şu joyda turgani tasdiqlanadi.
Statistika xodimi narxlarni kuzatarkan, sotuvçilardan narx-navoni oğzaki sörab, tizimga kiritib boradi. Ularning qayerga borayotgani, bir kunda qança iş bajarganini Milliy statistika qömitasi onlayn nazorat qiladi. 11 aprel kuni Kun.uz muxbiri şu jarayon bilan tanişiş maqsadida qömita vakillari bilan Toşkentdagi Eski jöva bozorida böldi.
Ma’lum bölişiça, u yoki bu mahsulot ötgan oyda bozordagi qaysi savdo rastasidagi neçançi sotuv joyida röyxatga olingan bölsa, bu gal ham xuddi şu joydagi narxlar suriştiriladi.
“Savdo nuqtalarini tanlab olişda xaridori köpligiga qaraymiz. Mutaxassislarimiz kelib, şu joyda savdo gavjummi, kuzatadi”, – deydi Statqöm narxlar statistikasi boşqarmasi boşliği Muxtor Umarov.
Uning sözlariga köra, respublikadagi 206 ta tuman (şahar)dan aholi soni va savdo aylanmasi yuqori bölgan 60 tasi narx kuzatuvlari uçun tanlab olingan. Har oyda 170 mingga yaqin narx qayd etib boriladi.
Narxlar kuzatiladigan obektlar soni kamaytirib borilmoqda, bu – köplab tovar va xizmatlar narxini elektron tarzda olişga ötilayotgani bilan boğliq. Bu holatda narxlar, xususan, soliq organlari bilan integratsiya orqali olinadi. Yana bir qator narxlarni bevosita kompaniyalarning özlari qömitaga taqdim etib boradi.
Kun.uz muxbiri Çorsuga kelgan xaridorlardan aprel oyida qaysi mahsulotlar narxida ösiş yoki tuşiş kuzatilgani haqida söradi. Respondentlarga köra, göşt, pomidor, yoğ narxlari qimmatlagan, kökatlar, sabzavotlardan bodring arzonlagan.
Şahzod Öroqboyev










