Xitoyda tarqalgan koronavirus sababli Singapur iqtisodiyoti zarar körmoqda. Bu haqda Singapur savdo va sanoat vaziri Çan Çun Sin ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, virus tarqalişidan transport, turizm va ular bilan boğliq sohalar hamda mehmonxona, restoran va çakana savdo biznesi zarar körmoqda. Çan Çun Sin davlat biznesni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.
Koronavirus dastlab Uxan şahrida aniqlangandi. Söngra Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayland, AQŞ, Fransiya va Kambojada virusga çaliniş holatlari qayd etildi. Sönggi ma'lumotlarga köra, Xitoyda 2027 nafar kişi virus bilan zararlangani aniqlangan. Jami 80 nafar kişi vafot etgan.
S&P Global Ratings tahlilçilarining fikriça, virusning tarqalişi Xitoyda iste'molçilar xarajati tuşib ketişiga olib keladi. Tahlilçilar bundan taşqari, turizm, investitsiyalar va işlab çiqarişning zarar körişini taxmin qilişmoqda.













