Tashkent trade center xususiy korxonasi sobiq «Abu-Saxiy» bozori savdo qiluvçi tadbirkorlarning noroziligi aks etgan video böyiça munosabat bildirdi.

Ma'lum bölişiça, 1-blok hududida joylaşgan savdo dökonlarining yonğinga qarşi holatini örgangan Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi yonğin sodir bölişiga sabab böluvçi bir qança kamçiliklarni aniqlab, 1-blokda rekonstruksiya işlarini amalga oşiriş zarurati töğrisida korxonaga xulosa taqdim etgan. Ma'muriyat 1-blokdagi «konteyner dökonlar»ning iş faoliyatini vaktinça töxtatib, ularni qayta rekonstruksiya qiliş masalalarini körib çiqayotgani va tegişli takliflar örganilayotganligi haqida mulkdorlarni ogohlantirgan.

Rekonstruksiya qilinişi rejalaştirilgan 1-blok mulkdorlariga yangi dökonlar qurilgunga qadar yangi bitgan majmua yertölasidan vaqtinça foydalaniş uçun dökonlar oliş taklif etilgan. 1-blokda rekonstruksiya işlari yakunlangandan söng, mulkdorlarga öringa örin öz omboriga ega savdo dökonlarini taqdim etiş közda tutilgan.

Biroq, «Mato bozori»ning mulkdorlari hamda ijaraçilari bu taklifga könmagan va bozor ma'muriyatiga dökonlarni bosqiçma-bosqiç qurişni, avval 10 ta dökonni qurib, keyin qolganlariga ötişni taklif qilgan.

«Lekin bozor ma'muriyati şuni rasman ma'lum qiladiki, yangi savdo majmuasini qisman yoki bölib-bölib qurib bölmaydi. Sababi, bir quriliş binosi yagona tizim va aniq rejaga tayangan smeta asosida amalga oşiriladi.

Bundan taşqari, 1-blok savdogarlari tomonidan yangi barpo etilgan savdo majmuasining 1-qavatidan vaqtinça dökonlar ajratib berilişi taklifi ham ilgari surildi. Bunga javoban ma'lum qilamizki, korxonamiz tomonidan 1-qavatdagi dökonlarni 1-blok hududidagi savdo dökonlari hisobidan kelib çiqqan holda taqsimlaş imkoniyatiga ega emas. Şu bilan birga, 1-blok hududini qayta qurib bitkaziş işlari rejalaştirilişi jarayonida yangi barpo etilgan savdo majmuasining pastki qavatidan aynan 1-blok mulkdorlari foydalanib turişlari uçun 18—20 metr kvadrat hajmdagi dökonlar qurildi. 1-blok hududini vaqtinça köçiriş işlarida siğim yuzasidan muammo kelib çiqmasligi uçun mazkur dökonlarni korxona tomonidan sotiş yoki ijaraga beriş işlari umuman amalga oşirilmadi», — deyiladi bozor ma'muriyati