Yoşlar Ittifoqi Markaziy kengaşi raisi Alişer Sa'dullayev çorşanba kuni Xalqaro press-klub sessiyasida çiqiş qilib, taşkilot negizida yangi davlat organi – Yoşlar işlari agentligi taşkil etilişi haqida gapirib ötdi.
«Muhtaram prezidentimiz 27 dekabrdagi yoşlar bilan uçraşuvda aytdilarki, Yoşlar Ittifoqi – nodavlat-notijorat taşkilot bölsa-da, juda köplab davlat siyosatini yurgizuvçi funksiyalarni bajargan. Bu bir vaqtning özida ham mas'uliyat yuklagan, ham samaradorligi yuqori bölmagan bölişi mumkin.
Aslida yoşlarga oid davlat siyosatining bitta katta özgarişi – davlat organining paydo bölişi. Biz örganib kördik, juda köp rivojlangan davlatlarda yoşlarga oid davlat siyosatini yurituvçi organ bor va uning funksiyasi alohida, hammadan ajralib qolgan holda siyosat yurgiziş emas. Umuman, har gorizontal, ham vertikal ravişda vazirliklar va mahallik hokimliklarga yoşlar bilan işlaş böyiça umumiy kuç sifatida qaraş.

Agar biz yoşlar bilan işlayapmiz, deb alohida bir taşkilot faqat özi harakat qiladigan bölsa, aholining 60 foizini taşkil qiladigan yoşlar bilan işlab bölmaydi. Buni jismonan ham iloji yöq. Şuning uçun ham asosiy maqsad belgilandiki, 2020 yilda bu har bitta organning siyosatiga aylanişi kerak. Uning uçin nima kerak böladi – yoşlar bilan işlaş tizimi, metodologik yordam va qanaqa işlanadi degan savolga javob kerak böladi.
Agentlikning ham vazifasi ham, umuman bu yilgi vazifamiz ham birinçi örinda har bir taşkilotga yoşlar bilan qanday işlanişining namunasini körsatib beriş va hammani birdek yoşlar bilan işlaş masalasiga jalb qiliş böladi», – degan Sa'dullayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yoşlar ittifoqi agentlikka aylanmoqda
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 27 dekabrda yoşlar bilan uçraşib, Alişer Sa'dullayevga bir oy muddatda Yoşlar ittifoqi negizida Yoşlar işlari agentligini taşkil etiş böyiça taklif kiritişga topşiriq bergan edi.
Yangi agentlik Prezident administratsiyasi qoşida tuzilişi kutilyapti.












