Oliy öquv yurtiga işga qabul qilinayotgan professor-öqituvçilarni tanlab oliş mexanizmlari takomillaştirilib, nomzodlarga qöyiladigan talablar kuçaytiriladi. Bu haqda Oliy va örta-maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov ma'lum qildi.

«Talab kuçaytiriladi va köproq yoşlar bilan töldiriladi. Yoşlarga ilmiy iş qiliş imkoniyatlari kengaytirilib, kerak bölganda xorijda tajriba orttirib kelişi qamrovi oşirib boriladi», – dedi Majidov Xalqaro press-klub sessiyasida.

Uning sözlariga köra, OTMlar professor-öqituvçilarini xorijga tajriba oşiriş uçun yuboriş körsatkiçini ön foizga yetkaziş maqsad qilingan.

«2019 yilda 2 mingdan ortiq öqituvçi (ham «El-yurt umidi» jamğarmasi, ham grantlar, ham OTMlarning öz hamkorlari bilan) xorijda turli şakllarda – yo öqigan, yo stajirovka ötagan yoki malaka oşirib kelgan.

Bu körsatkiç köpayadi. Uç minggaça köpaytiriş rejamiz bor. Professor-öqituvçilarimizning umumiy sonidan 10 foizga yetkaziş maqsad qilingan», – dedi vazir.

Ma'lum qilinişiça, 2019 yilda xorijdan 1,5 nafardan ortiq öqituvçi Özbekiston OTMlariga kelib, turli ma'ruza va master-klasslar taşkil etgan. 2020 yilda bu körsatkiç 2 mingdan kam bölmasligi kutilyapti.