Özbekistonning Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elçixonasi Xitoyda koronavirus tarqalişi va uning kengayişini oldini oliş buyiça körilayotgan çoralar haqida videomurojaat bilan çiqdi.

Elçixona vakili Akmalxon Olimxonovning sözlariga köra, 15 yanvardan elçixona qoşida maxsus ştab işlamoqda.

«Oxirgi paytlarda Xitoy fuqarolaridan köra, boşqa mamlakatlar aholisi orasida vahima köpayib boryapti. Vahimali videolar, yangiliklar keng tarqalmoqda. Buning eng asosiy sababi –  tekşirilmagan va asossiz ma'lumotlar, axborotlarning tarqalişidir», – dedi elçixona vakili.

Videomurojaatda Xitoyda bugungi kunda kuzatilayotgan vaziyat haqida ma'lumot berilgan.

«Pekindagi ştab tomonidan nafaqat Uxan şahri, barça provinsiyalardagi talabalar bilan aloqa örnatilgan. Xitoyda eng keng tarqalgan ommaviy WeChat tarmoğida Uxan 2020 Özbekiston va Uxandagi özbekistonliklar nomli guruhlar tuzilgan. Bu guruhlarda talabalar özlarining fikrlarini, holatlari böyiça muhokama qiliş imkoniyatlari bor. Bundan taşqari, tegişli körsatmalar berib borilmoqda. Qolaversa, agar şaxsiy masalalar bölsa, barça ştab vakillarining mobil raqamlari berilgan va ular şaxsiy masalalar böyiça murojaat qilişyapti va öz savollariga javob olişmoqda», – dedi videomurojaatda Akmalxon Olimxonov.

U Xitoy hukumati Uxan şahridan çiqişga ruxsat bermayotganiga ham töxtaldi.

«Xabaringiz bor, Uxan şahrida karantin holat joriy etilgan. Şaharga kiriş va şahardan çiqiş taqiqlangan. Aeroport, aerovokzal, vokzallar faoliyati töxtatilgan.

Nimaga Xitoy hukumati Uxan şahridan çiqişga ruxsat bermayapti? Karantin holati e'lon qilingani munosabati bilan tegişli hukumat idoralari boşqa diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining özlarining fuqarolarini boşqa mamlakatlarga olib çiqişlariga rad javobi bermoqdalar. Çunki karantin yuqumli kasalliklarning keng tarqalişini çeklaşga qaratilgan çora-tadbirlar majmuyi. Uxanda 12 million aholi bor. Bu degani ularning barçasi zararlangan degani emas», – deydi u.

«Xitoy Taşqi işlar vazirligi keça ötkazilgan brifingda ham xotirjam bölişni va vahima kötarmaslikni iltimos qilişdi. Çunki virusdan köra, bu narsa atrofida kötarilayotgan vahima tahdid solişi aytib ötildi. Xitoy bundan oldin ham ilgari keng kölamli epidemiyalarni yengib ötgan va koronavirus ustidan ham ğalaba qozonadi.

Xitoy özining hududida çet el fuqarolarining xavfsizligini ta'minlaş böyiça barça xalqaro majburiyatlarga rioya qiladi. Vazirliklar va idoralar, şuningdek, şahar hokimliklari Uxan va Xitoy Xalq Respublikasini boşqa şaharlarda muammolarga duç kelgan fuqarolarni xavfsizligini ta'minlaş uçun xorijiy diplomatik missiyalarning barçasiga yordam berişga tayyor ekanligini bildirişdi.

Hozirgi kunda Uxan şahri mamlakatning eng xavfsizroq şahri, deb tan olinyapti. Çunki u yerga boşqa 7ta provinsiyadan mingdan ortiq malakali şifokorlar, sifatli dori-darmonlar va yangi texnika, texnologiya va davolaş dasturlari jalb etilgan. Şaharda dezinfeksiya işlari keng olib borilmoqda. Bundan taşqari, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengaşi Boş vaziri 27 yanvar kuni Uxan şahriga inspeksion taşrif buyurgan paytda «uşbu koronavirusning davosi topilişiga oz qoldi», deb bayonot berdi.

Biz boşqa mamlakatlarning, qolaversa yirik mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari bilan aloqada bölib turibmiz. Uxanda ularning ham fuqarolari va talabalari hozirgi kunda bor. Lekin ular vahima kötarişayotgani yöq. Çunki ular juda yaxşi tuşunişyaptiki, hozir ular Uxandan öz yurtiga qaytadigan bölsa, yölda, aeroportda odamdan yuqmasa ham, boşqa aşyolardan qandaydir virusni yuqtirib oliş ehtimoli borligini bilişyapti. Şuning uçun karantin joyda inkubatsion davrni tinç ötkazişni afzal körişyapti. Çunki Uxanda, yana bir marta aytaman, malakali va avvalgi epidemiya paytlarida ham iştirok etgan şifokorlar faoliyat körsatyapti.

Yana bir faktni inobatga oliş kerakki, uşbu virusning keng tarqalişi aynan Xitoy Xalq Respublikasida özining yangi yil bayramiga töğri keldi. Xitoyliklar yangi yilda uzun ta'tilga çiqişadi. Bu kunlarda köp muassasalar, taşkilotlar, korxonalar, hatto kiçkina dökonçalar, maişiy xizmatlar ham faoliyatini töxtatadi. Kim Xitoyda yaşasa bilişadi: köçalar böm-böş, şaharlarda odamlar juda kam yurişadi. Bunaqa 15-20 millionlik Pekin şahrida ham odamlar deyarli ertalabdan keçgaça umuman körinmaydi, maşinalar ham juda kam. Köçalar böm-böş.

Lekin hozir katta gipermarket, supermarketlarda iş boşlandi. Xususan, Uxan şahrida ham. Bizga videolarni jönatişyapti. Köp talabalar bemalol borib, niqoblarini taqib, öşa supermarketlardan oziq-ovqatlarini, özlariga kerakli narsalarni sotib olib, yana yotoqxonaga qaytib, bemalol işlarini bitirişyapti», – dedi elçixona vakili.

Elçixona tomonidan qanday tavsiyalar bor?

«Xitoy Xalq Respublikasining Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda, ularning tavsiyalari asosida elçixona tomonidan şaxsiy gigiyena va xavfsizlik qoidalari böyiça eslatmalar işlab çiqildi va yurtdoşlarimiz orasida keng tarqatildi. Uşbu şaxsiy gigiyena qoidalari qat'iyan rioya qilişingizni yana bir bor iltimos qilamiz. Bundan taşqari, Xitoyning Pekin, Siyan va Çendu şaharlaridan töğridan töğri aviaqatnovlar oçiq va bu reyslarning jadvallari, böş örinlari böyiça ma'lumotlar taqdim etilgan.

Mamlakat hukumati Butunjahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan yaqin hamkorlikda iş olib bormoqda. Elçixona Xitoy Xalq Respublikasining Taşqi işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Xubey provinsiyasi va Uxan şahrining hukumati bilan yaqin aloqada bölib turibdi.

Şu örinda yana bir ta'kidlab ötamizki, Xubey va boşqa provinsiyalardagi fuqarolarimiz qandaydir kömak va yordam kerak bölsa, heç ikkilanmasdan ştabga murojaat etişlari mumkin. Yurtdoşlarimizdan yana iltimos qilamizki, vahimaga örin yöq», – deyilgan Özbekistonning Xitoydagi elçixonasi tomonidan taqdim etilgan videomurojaatda.