Bugun, 28 yanvar kuni “Özbekkonsert” davlat muassasasi rahbariyati hamda san'at sohasida tahsil olayotgan yoş iste'dodlar örtasida ijodiy uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv davomida san'atga kirib kelayotgan yoşlar uçun berilayotgan bir qator imtiyozlar xususida ma'lumot berildi.

“Özbekkonsert” rahbari Odiljon Abduqahhorovning qayd etişiça, iste'dodli yoşlarni qöllab-quvvatlaşning bir neça şakllari joriy qilinmoqda.

“Jamiyatda özini faol körsatayotgan, turli madaniy konsert tadbirlarida munosib iştirok etayotgan, san'atimizni tarğib qilişda jonkuyarlik qilayotgan iste'dod egalari san'at va madaniyat oliygohlariga öqişga kirişlari uçun Madaniyat vazirligi va “Özbekkonsert” tomonidan tavsiyanoma beriladi”, dedi u.

Şuningdek, ma'lum qilinişiça, ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga ehtiyoji bölgan iste'dod egalarini uy-joy bilan ta'minlaş uçun Madaniyat vazirligi hamda "Özbekkonsert"  muassasasi tomonidan tavsiyanomalar berilişi rejalaştirilgan.

Odiljon Abduqahhorovning qöşimça qilişiça, yoş iste'dodlarni kaşf qiliş borasida ötkaziladigan turli tanlovlarda ğolib bölgan yoşlarga 5 milliondan 20 million sömgaça miqdorda moddiy rağbatlantiriş ham yölga qöyiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq yoş iste'dodlarga litsenziya bepul berilişi xabar qilingan edi.