San'at sohasida özini sinaş iştiyoqida bölgan iste'dodli talaba-yoşlarga öz faoliyatini qonuniy asosda boşlaş uçun bepul litsenziyalar taqdim etiladi. Bu xususida «Özbekkonsert» davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov yoşlar bilan bölib ötgan ijodiy uçraşuvda ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, qöşiqçilik sohasida iste'dodini namoyiş etmoqçi bölgan yoşlar öz qonuniy faoliyatlarini boşlab olişlari uçun ularga bir yil muddatgaça bepul litsenziya beriladi.

«Bunday imtiyozli amaliyot yoşlarni qöllab-quvvatlaş siyosati samarasi ölaroq ilk marta amalga oşirilmoqda. Yoşlardan talab etiladigan narsa faqatgina iste'dod xolos», deya Odiljon Abduqahhorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, qayd etilişiça, iste'dodli yoşlar «Özbekkonsert» davlat muassasasining respublikaning barça hududlarida faoliyat yuritayotgan tegişli ovoz yoziş studiyalari xizmatlaridan bepul tarzda foydalanişlari mumkin.

«Haftaning har seşanba va juma kunlari soat 9:00dan 18:00ga qadar yoşlar öz ijod mahsullarini yaratiş uçun ovoz yoziş studiyasidan foydalanişlari mumkin», deya ta'kidlagan «Özbekkonsert» davlat muassasasi rahbari.