29 yanvar kuni «Çorvaçilik tarmoğini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» 4576-sonli prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Çorvaçilik va uning tarmoqlarini rivojlantiriş Respublika kengaşi taşkil etildi va uning asosiy vazifalari belgilandi.
Jumladan, kengaş çorvaçilik sohasida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, çorvaçilik mahsulotlarini qayta işlaş sanoati korxonalari hamda çorvaçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlarining özaro hamkorligini ta'minlaydi.
Qarorga muvofiq:
- çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik va quyonçilik böyiça loyihalarini amalga oşiriş uçun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard sömgaça miqdordagi kreditlar böyiça foiz stavkasining Markaziy bankining asosiy stavkasidan oşadigan, lekin 8 foiz punktidan köp bölmagan qismiga kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi;
- tadbirkorlarga ekvivalenti 20 milliard sömdan oşmaydigan xorijiy valutadagi kreditlar uçun tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizigaça, lekin 4 foiz punktidan köp bölmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari böyiça foiz xarajatlarini qoplaş uçun kompensatsiya taqdim etiladi.
Şuningdek, 2020-2022 yillarda davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
Çorvaçilik mahsulotlari yetiştiruvçi xöjaliklarga:
- respublikada faoliyat yuritayotgan naslçilik xöjaliklaridan sotib olingan har bir boş qoramolga 1 million söm miqdorida;
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boşiga 2 million söm, nasldor qöy va eçkining har bir boşiga 400 ming söm miqdorida;
«Özbekbaliqsanoat» uyuşmasiga a'zo bölgan intensiv usulda baliq yetiştiruvçi xöjaliklarga:
- intensiv usulda yetiştirilgan bir tonna baliq mahsuloti uçun 1 million söm miqdorida;
- Özbekiston hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million sömgaça bölgan xarajatlarining 50 foizi miqdorida;
«Parrandasanoat» uyuşmasiga a'zo bölgan parrandaçilik xöjaliklariga har bir boş 1 kunlik nasldor jöjani import qiliş bilan boğliq xarajatlarning 9 ming sömini qoplaş uçun.
Hujjatga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyat hokimliklari:
- 2020 yilda yaylovlar hamda Prezidentning 2019 yil 17 iyundagi «Qişloq xöjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida nazarda tutilgan qişloq xöjaligida foydalanilmayotgan suğoriladigan yerlarni foydalanişga kiritiş hisobidan ozuqabop ekinlarni yetiştirişni yölga qöyiş uçun çorvaçilik xöjaliklariga ajratib berilişini;
- Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qömitasi bilan birgalikda paxta-töqimaçilik klasterlari va paxtaçilik-ğallaçilik yönalişidagi fermer xöjaliklari ekin maydonining 10 foiziga beda ekilişini ta'minlaydi.
Çorvaçilik va uning tarmoqlarini rivojlantiriş Respublika kengaşi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari tomonidan çorvaçilik, şu jumladan, parrandaçilik xöjaliklariga ozuqabop ekinlar ekiş uçun çorva mollari va parranda boş soniga mutanosib ravişda ekin yerlari ajratilişini doimiy ravişda nazorat qilib boradi.
Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi:
- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş markazi xodimlarini jalb qilgan holda joylarda sut soğuvçilarni tayyorlaş hamda malakasini oşiriş böyiça qisqa muddatli öquv kurslarini taşkil etadi;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlari hokimliklari va «Parrandasanoat» uyuşmasi bilan birgalikda parrandalarning yuqori mahsuldor zotlari va krosslarini urçitiş bilan şuğullanuvçi göşt yönalişidagi II tartibli reproduktor naslçilik parrandaçilik korxonalari faoliyatini yölga qöyadi.
Hujjat bilan Transport vazirligi va Uzbekistan Airways’ning 2022 yil 1 yanvarga qadar «Parrandasanoat» uyuşmasi tarkibidagi parrandaçilik korxonalariga özi işlab çiqargan tuxum va göşt mahsulotlarini eksport qilişda nasldor inkubatsion tuxum va nasldor bir kunlik jöjalarni, vaksina, veterinariya dori vositalarini import qilişda, istisno tariqasida, amaldagi havo transportida taşiş tariflariga nisbatan 20 foizlik çegirma beriş töğrisidagi taklifi ma'qullangan.
Qişloq xöjaligi vazirligi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi, Suv xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qömitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ozuqa ekin maydonlaridan kelib çiqqan holda 2020-2022 yillar uçun ozuqabop ekinlar uruğçiligini rivojlantiriş dasturini işlab çiqiş va tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritiş topşirilgan.












