Çorvaçilik va parrandaçilik tarmoqlarini rivojlantiriş, göşt va sut mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimotda aholi xonadonlari va çorvaçilikka ixtisoslaşgan mahallalarni qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Respublikada 191 ta tumanda 2 ming 407 ta çorvaçilikka ixtisoslaşgan mahalla mavjud bölib, ularda 823 mingta xonadon va 3,9 million nafar aholi istiqomat qiladi. Uşbu xonadonlarga arzon çorva mollari yetkazib beriş, sigirlarni sun’iy uruğlantiriş, yem-xaşak ta’minoti va zooveterinariya xizmatlarini yaxşilaş, nasldor buzoqlarni identifikatsiya qiliş hamda ular uçun subsidiya ajratiş taklif etildi. Natijada xonadonlarda çorva boş soni va mahsuldorlik ortişi, aholi uçun qöşimça daromad manbalari yaratilişi kutilmoqda.
Naslçilik sohasida 13 ta tumanda har biri 200 boş qoramolga möljallangan xöjaliklar taşkil etiş, yiliga 500 ming boş sigirni saralangan uruğ bilan sun’iy uruğlantiriş va embrion transplantatsiyasi texnologiyalarini keng joriy qiliş rejalaştirilgan.
Taqdimotda Özbekiston çorvadorlar uyuşmasini taşkil etiş taklifi ham körib çiqildi. Yangi tuzilma çorvadorlar manfaatlarini himoya qiliş, kooperatsiyani rivojlantiriş, naslçilik işlari, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş, moliyaviy kömak körsatiş hamda taşqi bozorlarga çiqişga kömaklaşiş bilan şuğullanadi.
Fermerlar va aholi uçun “Smart Fermer” yagona raqamli yordamçisi ham taqdim etildi. Mobil ilova orqali çorva mollarini identifikatsiya qiliş, veterinar çaqiriş, sun’iy uruğlantiriş, oziqlantiriş va yaylovlarni boşqariş böyiça ma’lumot oliş, subsidiyalarga murojaat qiliş va sun’iy intellekt asosida maslahat oliş mumkin böladi.
Parrandaçilik sohasida umumiy qiymati 432 million dollar bölgan loyihalarni amalga oşiriş közda tutilgan. Mazkur loyihalar hisobiga 2028-yilgaça qöşimça 100 ming tonna parranda göşti işlab çiqariş, ozuqa-yem quvvatini 3,3 million tonnaga yetkaziş va zamonaviy söyiş tizimi qamrovini 20 foizdan 50 foizga oşiriş maqsad qilingan.
Davlat rahbari loyihalarning iqtisodiy samaradorligini çuqur tahlil qiliş, mablağlarni manzilli yönaltiriş, raqamli hisob va monitoringni yölga qöyiş, içki bozorni sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan barqaror ta’minlaş böyiça mutasaddilarga topşiriqlar berdi.

















