Qarorga köra, 2026-yil 1 sentyabrdan 2030-yil 1-yanvarga qadar Agrar sohada tölovlar agentligi tomonidan davlat byudjyeti hisobidan naslçilik xöjaliklariga östirişga qoldirilgan identifikatsiya qilingan urğoçi nasldor qoramollarni saqlaş xarajatlarining bir qismini qoplaşga har bir davr uçun alohida quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratiladi:
birinçi nasldor urğoçi buzoq olinganda – 1,5 mln söm;
ikkinçi nasldor urğoçi buzoq olinganda – 2 mln söm;
olingan buzoq 12 oylikkaça saqlanganda – 1 mln söm;
olingan buzoq 12 oydan 18 oylikkaça saqlanganda – 1 mln söm.
Çorvaçilik va yaylov xöjaligini rivojlantiriş agentligi muassisligida servis korxonasi taşkil etiladi.
Mazkur korxona quyidagi vazifalar bilan şuğullanadi:
xorijiy davlatlarda çorvaçilik tarmoği loyihalarini amalga oşiriş;
xorijiy davlatlardan yirik va mayda şoxli qoramollarni çorvaçilik xöjaliklari va aholi xonadonlariga yetkazib beriş hamda uşbu maqsadlar uçun mamlakat hududida import karantini punktlari (zonalari)ni taşkil etiş;
çorva mollari yetkazib berilgandan keyin kamida 12 oy oziqlantiriş, veterinariya, sun’iy uruğlantiriş, naslçilik va zootexnik xizmatlar körsatişdan iborat servis paketini taqdim etiş.












