Bojxona tölovlarini tölamaslik maqsadida xorijiy mamlakatdan olib kelingan texnikalarning işlab çiqarilgan yilini notöğri körsatişga uriniş hamda tovarlarning taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlarini özgartiriş kabi navbatdagi qonunbuzarlik holati aniqlandi.
Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari fuqaro T.A. tomonidan 4 mlrd. 162 mln. 888 ming söm imtiyoz asosida olib kirilayotgan avtokran vositasining yorliqlaridagi ma'lumot bilan avtomaşinaning holatini tegişli idoralar bilan hamkorlikda ekspertizadan ötkazişdi.
Natijada mazkur avtotransport vositasi hujjatlarda körsatilganidek 2018 yilda emas, balki 2007 yilda işlab çiqarilgani ma'lum böldi.
«Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda», – deyiladi Davlat bojxona qömitasi xabarida.











