Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş agentligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Xususan, quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

suv xöjaligi tizimini takomillaştirişga karatilgan loyihalarni aniqlaş, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini işlab çiqişda iştirok etiş;

suv xöjaligi obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş-tiklaş işlari böyiça loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda işlab çiqilişini, ekspertizadan ötkazilişini va boş pudrat taşkilotlarini tender savdolari asosida aniqlaşni hamda tegişli şartnomalarni rasmiylaştirişni nazorat qiliş; 

loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan tizimli monitoring yuritiş, şuningdek, buyurtmaçi va pudratçi taşkilotlar tomonidan şaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilişini ta'minlaş, loyihalarni amalga oşiriş jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etiş çoralarini köriş,”Suvqurilişinvest” DUKlari faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda loyihalarni amalga oşiriş doirasida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilişga kömaklaşiş.

Hujjat bilan Suv xöjaligi vazirligi huzuridagi Suv xöjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş agentligining tarkibiga kiruvçi suv xöjaligi obektlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş-tiklaş işlarini amalga oşirişda buyurtmaçi vazifasini bajaruvçi ”Suvqurilişinvest” davlat unitar korxonalari röyxati tasdiqlandi.

Agentlik huzurida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş agentligining suv xöjaligi böyiça investitsiya loyihalari negizida alohida yuridik şaxslar sifatida:

Jahon banki loyihalarini amalga oşiriş guruhi; Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oşiriş guruhi; Arab muvofiqlaştiriş guruhi loyihalarini amalga oşiriş guruhi taşkil etildi.