Gap şundaki, Eronda Ukraina aviakompaniyasiga qaraşli yölovçi samolyoti urib tuşirilgandan keyin butun dunyo aviakompaniyalari Eron örniga Afğoniston hududi ustidan uçib öta boşladi. Bu esa Afğonistonga mömaygina pul işlab olişga imkon berdi, deb xabar berdi Afğoniston fuqarolik aviatsiyasi boşqarmasiga tayanib Bloomberg axborot agentligi. 

“Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Boeing 737-800 samolyoti 8 yanvarda Tehron aeroporti yaqinida eronlik harbiylar tomonidan yangliş tarzda urib tuşirilgandi. Fojiada 176 kişi halok bölgandi.

Şu halokatdan keyin Yevropa, Hindiston va Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari örtasida parvozlar amalga oşiruvçi aviakompaniyalar xavfsizlik nuqtai nazaridan Eron örniga Afğoniston ustidan uçib ötişni ma'qul körişgan. 

Yölovçi samolyotlari biror davlat ustidan uçib ötganda öşa davlatga dispetçerlik xizmati uçun ma'lum haq tölanadi. Jumladan, Afğoniston öz hududidan uçib ötuvçi har bir reys uçun 700 dollar oladi.

Boşqarma ma'lumotlariga köra, mamlakatning bu xizmat turidan oladigan daromadi 25 foizga yoki kuniga taxminan 100 ming dollarga ösgan. Ta'kidlanişiça, Afğoniston havo hududi orqali bir kunda 400 ta reys bajarilmoqda. Talab oşgandan keyin mamlakat hukumati iyuldan parvoz uçun tölovni 950 dollargaça oşirişga qaror qildi. 

Aviatsiya bilan boğliq turli soliqlar bojxona va telekommunikatsiya xizmatlaridan keyin Afğoniston hukumatining uçinçi yirik daromad manbai hisoblanadi. Jumladan, mamlakat 2018 yilda buning ortidan 104 mln dollar daromad olgan.  

Afğoniston orqali uçib ötişga qiziqiş oşganiga qaramay, faqat 7 ta aviakompaniyagina mamlakatga töğridan-töğri reys amalga oşiradi. Ular orasida Turkish Airlines, Air India va Emirates bor. Bunga esa Afğonistondagi keskin vaziyat sabab hisoblanadi. “Afğoniston osmoni xavfsiz bölişi mumkin, biroq uning hududi xavflidir”, deb aytgan Afğoniston fuqarolik jamiyati instituti a'zosi Ahmad Şokur.