Masalan, mamlakatimizga olib kelinayotgan bananlarda koronavirus bor, degan miş-mişlar tarqadi. Biz bu tasdiqlanmagan ma'lumotlarga oydinlik kiritiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligida böldik.
Agentlik boş mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Ibrohim Mamatqulov:
– Bananda virus borligi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz va yolğon ma'lumotlardir. Sababi virus tirik organizmda yaşaydi va havo tomçi orqali yuqadi. U odamdan odamga yoki hayvondan odamga yuqişi mumkin. Bananda virus bölişi uçun u quş bölib uçişi kerak. Şuning uçun fuqarolarimizga bu xabarlarga işonmaslikka çaqirib, bananlarni bemalol iste'mol qiliş mumkinligini aytib qolaman.
Özbekistonga bananlar qayerdan olib kelinadi?
Bu savolga javob oliş maqsadida banan importi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlarga murojaat qildik. «Bananzör» brendi asosçisi Umid Tadjibayyev bu haqda ma'lumot berdi.

Uning aytişiça, «Bananzör» firmasi bananlarni Janubiy Amerika qit'asidagi Ekvador mamlakatidan olib keladi.
Bananlar dastlab Rossiya portlariga tuşiriladi, şundan söng Rossiyadan Özbekistonga keltiriladi. Özbekistonga olib kirilayotgan bananlar bojxona çegarasida maxsus tekşiruvlardan ötkaziladi.
Bananlar alohida tayyorlangan joylarda saqlanib, sifati buzilmasligi uçun kerakli ehtiyot çoralari qilinadi. Şundan söng respublikamiz bozorlariga sotişga çiqariladi.
Miş-mişlarga odamlar işonişyaptimi?
Poytaxtimizda joylaşgan ekobozorlardan biriga borib, banan savdosi bilan ham qiziqib kördik. Sotuvçining aytişiça, bu yolğon xabarlarga fuqarolarimiz işonib qolişyapti.

Masalan, «Bananzör» brendi bananlarni Ekvadordan olib keladi. Bu bananlarning umuman Xitoyga va virusga aloqasi yöq. Hatto bozorlarga sotuvga çiqarilişidan oldin, bozordagi maxsus laboratoriya tekşiruvidan ötkaziladi.
Banan sotuvga çiqarilişidan oldin tekşiriladi
Biz yana ham işonç hosil qiliş uçun Toşkent şahar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasida ham böldik. Laboratoriya xodimlari ham yuqoridagi ma'lumotlarni tasdiqlaşdi.

«Bananlar sotuvga çiqarilişidan oldin bozor laboratoriyalarida maxsus tekşiruvdan ötkaziladi. Agarda biror şubhali holatlar aniqlansa, sotuvga çiqarilmaydi», – deydi laboratoriya xodimi.
Şunday ekan, fuqarolarimizdan bunday miş-mişlarga işonib qolmasligini söraymiz. Sifatli va tekşirilgan banan mahsulotlarini bemalol iste'mol qilişingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida











