Yanvar oxirlarida Belarusda şakar zavodlarining direktorlari hibsga olingani haqida gaplar tarqalgan edi. Yaqin kungaça Belarus huquq-tartibot idoralarida bu vaziyatga heç qanday izoh berilmay kelgan. Mamlakat prezidenti Aleksandr Lukaşenko bunga ilk bor izoh berdi.

24 yanvarda “Belavia” aviakompaniyasining Minskdan Myunxenga muntazam reysni bajarayotgan samolyoti Polşa ustida ortga qaytarilib, Belarusning çegaradagi Grodno şahrida qöndirilgan.

Yölovçilarning ta'kidlaşiça, şundan keyin samolyotga maxsus xizmatlar kiyimida bölgan odamlar kirib, bir neçta familiyani öqigan va salondan 6-8 kişini, jumladan 2 nafar ösmir qizni olib çiqib ketgan. Qolgan yölovçilar Myunxenga 8 soatlik keçikiş bilan yetib borişgan. Samolyot sardori uşbu voqeani “nosozliklar” bilan tuşuntirgan.

4 fevralda Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenko jurnalistlarga samolyot bortida Yevropaga qoçib ketişi mumkin bölgan korrupsiyaçi amaldorlar bölgani uçun uning buyruği bilan ortga qaytarilganini ma'lum qildi.

“U yerda pogonlilar ham qölga tuşdi. “Barçasini kameraga tiqing” deb buyurdim. Barçasini. Samolyotni Ğarbiy Yevropadan qaytarib, qöndirişni va ularni samolyotdan olib çiqişni buyurdim. Samolyotni qaytarişdi, ularni olib çiqib, tergov izolyatoriga jönatişdi. Ularga qattiqqöl munosabat böladi”, deb aytgan Lukaşenko.

Avvalroq OAVda Belarusdagi barça 4 ta şakar zavodi direktorlari hamda Belarus şakar kompaniyasining Moskvadagi rahbari hibsga olingani ma'lum qilingandi. OAV ma'lumotlariga köra, “şakar işi” böyiça hibsga olinganlar soni 10 kişidan oşişi mumkin.

Belarus rahbari ularni şakar sotişdagi firibgarliklar va boşqa tovlamaçiliklarda ayblagan.

“Bir kun içida hammasini sidirib oldik, bu mening qat'iy buyruğim edi. Barçasi körsatma berdi. Ularni heç kim qiynamadi, urmadi – ötqizib, “faqat töğrisini aytasan”, dedik. Barçasi kim bilan aloqada bölgani, kimlarga olib borgani, kimga berganini yozib berdi. Tintuvlar ötkazdik, talaygina mol-mulk topildi: önlab zamonaviy maşinalar, önlab kvartiralar, haşamatli uylar va juda katta miqdorda pullar”, deb ma'lum qilgan Belarus prezidenti.

Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, unda hibsga olinganlardan birortasiga nisbatan şaxsiy husumat yöq.

“Menda heç kimga e'tiroz yöq. Men davlat manfaatlarini himoyalamoqdaman. Bilasizmi, yana nima ğazablantiradi: sen u yerda neft, gaz, metall, yana nimadir böyiça tiyinga kuraşayotgan, bir narsa qurişga, odamlar maoş olişi uçun harakat qilayotgan bir paytda, bu palidlar kuppa-kunduz kuni öğirlamoqda. Axir bu töğrimi? Notöğri. Şuning uçun bu barça direktorlarga saboq bölsin”, deb sözlarini yakunlagan Lukaşenko.