Davlat bojxona qömitasi sönggi kunlarda bojxona qonunçiligi buzilişiga oid aniqlangan holatlar haqida ma'lumot berdi.
Toşkent viloyati Ohangaron tumanida 1 milliard 20 million sömlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi

Tezkor tadbirda fuqaro G.R. boşqaruvida bölgan «Isuzu», fuqaro K.B. boşqaruvidagi «Lasetti» va fuqaro D.S.ga tegişli bölgan «Lasetti» rusumli avtoulovlar xolislar iştirokida közdan keçirildi.
Natijada avtomaşinalar yukxonasida xorijda işlab çiqarilgan va heç qanday hujjatlari bölmagan, umumiy qiymati 1 milliard 20 million sömlik jami 13 turdagi parfyumeriya va tibbiyot anjomlari yaşirilgani ma'lum böldi.
Toşkentda qariyb 160 million sömlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi

Çilonzor tumanida fuqarolar T.M. va Q.A.lar şartli xaridorga umumiy qiymati 62 million sömlik jami 1291 dona «Montalin» nomli dori vositalarni yaşirinça sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Şuningdek, fuqaro Q.A. boşqaruvidagi Neksiya ham belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganida maşinada 21 dona «SamyunWan» nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Tadbir davomida umumiy qiymati 157,2 million sömlik 1291 dona «Montalin» va 21 dona «SamyunWan» dorilari aşyoviy dalil sifatida olindi.
Namanganda kompyuter monitorlari «qizil» yölakdan ötolmadi

«Namangan» TIF bojxona postiga xorijiy davlatdan viloyatdagi MÇJ nomiga jönatilgan tovarlar «Xavfni boşqariş» avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali «qizil» yölakka yönaltirildi.
Tovarlar belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda yuk kuzatuv hujjatlarida körsatilmagan qiymati 45 million sömlik 90 dona avvalda foydalanişda bölgan kompyuter monitorlari borligi aniqlandi.
Surxondaryoda «zahri qotil» bojxona postida töxtatib qolindi

Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi «Ayritom» çegara bojxona postiga qöşni davlatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.A. belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi.
Natijada uning yuklari orasida umumiy oğirligi 30,92 gramm bölgan turli xildagi giyohlar bilan aralaşgan holdagi quritilgan köknori haşagi giyohvandlik vositasi borligi ma'lum böldi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.










