Mamlakatimizning çekka hududlaridan biri hisoblangan Qoraköl tumanida zamonaviy talablarga javob beradigan elektr ta'minoti korxonasi yangi binosining oçiliş marosimi bölib ötdi.

Qoraköl tuman elektr tarmoqlari korxonasi binosida muhandis-texnik va işçi-xodimlar hamda bu yerga taşrif buyuradigan mijozlar uçun zarur şaroitlar yaratilgan. Xususan, konferens-zal, korxona mutaxassislarini öqitiş va boşqa xonalar iş samaradorligini oşirişga xizmat qilmoqda. Mijozlar uçun qulaylik tuğdiriş maqsadida fuqarolarni qabul qiliş xonasi va elektron tablo ham işga tuşirilgan.

Ta'kidlaş joizki, tuman elektr ta'minoti korxonasi tasarrufida 34 706 dan ziyod aholi va 2 132 dan ziyod yuridik şaxsga xizmat körsatuvçi 6 ta podstansiya, 535 km uzunlikdagi 10 kVli, 1 013 km uzunlikdagi 0,4 kVli havo elektr uzatiş tarmoqlari, yangidan qurilayotgan kabel liniyalari, şuningdek, 475 ta transformator punkti ekspluatatsiya qilinmoqda. Tabiiyki, uşbu sa'y-harakatlar qorakölliklarni sifatli va uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.

Tantanali oçiliş marosimining uzviy davomi sifatida «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning tarkibigi kiruvçi 12 ta tuman va şahar elektr ta'minoti korxonasining mutasaddilariga xizmat avtomaşinalari topşirildi.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ matbuot xizmati