Buxoro viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi Qoraköl tumanida 20 nafar abituriyent ovqatdan zaharlanib şifoxonaga yotqizilgani töğrisida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar böyiça rasmiy axborot berdi.
Qayd etilişiça, 11 yanvar kuni Qoraköl tumanidagi öquv markazida tahsil olayotgan abituriyentlardan 20 nafari salomatligi yomonlaşgani yuzasidan tez tibbiy yordam xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Bemorlar zudlik bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga olib kelingan hamda laborator va instrumental tekşiruvlardan ötkazilgan.
“Körilgan tibbiy çora-tadbirlar natijasida barça 20 nafar bemorning ahvoli yaxşilandi va ular ambulator davolaniş uçun uyiga javob berildi.
Har bir bemorga hududiy oilaviy şifokor va patronaj hamşirasi biriktirildi. Ayni paytda barçasining ahvoli qoniqarli, şikoyatlari mavjud emas.
Bemorlardan tegişli qon namunalari olinib, belgilangan tartibda ekspertizaga yuborildi. Ekspertiza natijalari yuzasidan qöşimça ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.
Boşqarma axborot xizmati tomonidan berilgan va keyinroq öçirib taşlangan xabarda 10 nafar viloyat mutaxassislari (toksikolog va reanimatologlar) tumanga safarbar qilinib, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi malakali toksikologlari iştirokida ZOOM platformasi orqali konsilium ötkazilgani ham aytilgandi.







