6 noyabr kuni keçqurun Özbekiston hududida zilzila sodir böldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, zilzila soat 19:49 da sodir bölgan. Uning episentri Toşkentdan 542 km janubi-ğarbda, Buxoro viloyati, Qoraköl tumanida, 15 km çuqurlikda, zilzila magnitudasi 3,8 ball ekani aytilgan. 

Bu kun davomida Buxoro viloyatida qayd qilingan ikkinçi zilzila. 6 noyabr kuni erta tongda, soat 3:57 da ham şu hududda zilzila sodir bölgan edi. 

Zilzila oqibatida vayronalar yoki jabrlanganlar bölgani haqida xabar berilmadi.