Prezident huzuridagi Loyiha boşqaruvi milliy agentligi qoşidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga litsenziya oliş jarayonini sezilarli darajada soddalaştira oladigan “Avtomobil transportida yölovçilarni va yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlararo va xalqaro yönalişlar böyiça taşişga litsenziya oliş” xizmati işga tuşirildi.

Endilikda ariza beruvçi, yölovçilar va yuklarni taşişni amalga oşiriş uçun litsenziya olişga quyidagi havola orqali ariza berişi kifoya, bunda zarur maydonçalar töldiriladi va ariza tasdiqdan ötişi 3 iş kuni davomida kutiladi.

Davlat xizmati körsatilgani uçun bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravarida yiğim undiriladi. Lisenziya kartasini beriş uçun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.

Lisenziyani beriş yoki berişni rad etiş töğrisidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yozma yoki elektron şaklda bir iş kuni içida taqdim etiladi, bu esa Yagona portalning yana bir afzalligi hisoblanadi. Lisenziyaga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini tölaş muddati körsatilgan litsenziya bitimi ilova qilinadi.

Xizmat Markaz, Yagona integrator UZINFOCOM va Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda işga tuşirilgan.