2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada Qonunçilik palatasi va Senatga özlarining alohida qarori bilan parlament tekşiruvi ötkaziş va tegişli komissiyalar tuziş vakolatini beriş nazarda tutiladi.

Ijro uçun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.

Şuningdek, qonunçilik taşabbusi huquqi sub'yektlarining qonun ijodkorligi jarayonidagi mas'uliyatini oşiriş közda tutilgan.

2020 yil 1 iyunga qadar Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi işlab çiqiladi. Loyihada:

qonun loyihalari birinçi öqişda qabul qilinayotganda ma'ruza bilan çiqiş vazifasini, qoida tariqasida, qonunçilik taşabbusi huquqi sub'yekti yoki uning vakili zimmasiga yuklaş;

mazkur qoidani amalga oşiriş mexanizmini belgilaş, jumladan taşabbuskor idora qonun loyihasining ahamiyatini deputatlar oldida asoslab bera olmagan hollarda loyihani körib çiqişni rad etiş tartibi nazarda tutiladi.

Ijro uçun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelişuv asosida), Adliya vazirligi, Qonunçilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, qonunçilik taşabbusi huquqi sub'yektlari.