
Statistikaga köra, bolalar yangi virusdan deyarli zarar körmayapti. Bundan taşqari, kam sonli kiçik bemorlarda köpinça kasallik alomatlari kuzatilmayapti va ular virusga qarşi kuraşa olişmoqda.
Aniqlanişiça, bolalar virusga yetarliça qarşilik körsatadi, kattalar esa osonlik bilan zararlanib, kasallikning barça belgilari va asoratlari kuzatiladi. 65 yoşdan oşgan odamlar orasida esa ölim darajasi eng yuqori. Virus qurbonlarining deyarli barçasi keksa yoşli odamlardir.
Yangi virus uşbu parametrlarga köra atipik pnevmoniyaga (SARS) juda öxşaş bölib, u ham bolalarni qariyb çetlab ötgan, ammo keksalarni ayamagandi. Atipik pnevmoniyadan 8 ming nafardan ortiq odam kasallangan bölsa-da, bolalarga yuqişi bilan boğliq 80ta holat qayd etilgan va ularning birortasida ölim kuzatilmagan.
Gripp bilan soliştirganda, vaziyat biroz özgaça. Gripp virusi qurbonlari orasida ham keksa odamlar köpçilikni taşkil qiladi, ammo şu bilan birga bolalar katta xavf ostidagi guruhga kiritiladi. Kiçik yoşlilarda grippga çaliniş holati juda yuqori va köpinça tanada asoratlar kuzatiladi. Aniqlanişiça, yangi koronavirus fuqarolarning turli yoş toifalari orasidagi tarqalişi nuqtayi nazaridan SARS’ga öxşaşdir.

Bolalar katta şiddat bilan tarqalayotgan koronavirusga bu darajadagi qarşilik körsatişni qanday uddalaşmoqda? Olimlar hozirça bu savolga aniq javob bera olişmayapti va ma'lumotlar töplanişi davom etmoqda. Mutaxassislar ikki ehtimoliy sababni körsatişmoqda. Avvalo, bolalar virusga kattalarga qaraganda kamroq moyil bölişadi, şuning uçun hatto kasal qarindoşlari davrasida ham bola soğlom holatda qolişi mumkin. Ikkinçi taxminga köra, bolalar baribir yuqtirib olişadi, ammo ularning tanasidagi himoya mexanizmlari farqli va virusga qarşi faolroq kuraşadi. Şuning uçun kasallik deyarli yengil şaklda davom etadi, deyarli heç qanday alomat va asoratlar bölmaydi.
Nega bunday bölayotgani qoronği - şifokorlar yangi virus haqida hali juda kam ma'lumotga ega ekanliklarini tan olişmoqda va bolalardagi yuqori qarşilik nimaga asoslanganini aniqlaş uçun qöşimça tadqiqotlar talab etiladi.
Hozirgi kunda yangi koronavirusni 40 mingga yaqin odam yuqtirgani ma'lum, ammo ular orasida bolalar soni 10 nafardan köp emas. Şifokorlar qariyb 3,5 ming bemorni davolay olişgani quvonarli. Virusning sayyorada tarqalişini Jons Hopkins universiteti tizimli fan va muhandislik ilmiy markazi tomonidan tuzilgan va axborot saytiga joylaştirilgan xarita yordamida kuzatiş mumkin. Ma'lumotlar har kuni yangilanadi.













