Qarşining «Nasaf» klubi har doimgidek bu mavsum oldidan ham qator futbolçilari bilan xayrlaşdi. Jamoa sardori Umar Eşmurodov «Paxtakor»ga ketdi, asosiy yulduz Aziz Ğaniyev BAAga transfer qilindi. Bundan taşqari, klubni asosiy töpurar Humoyun Murtazoyev, tayanç yarimhimoyasi yetakçisi Sardor Abdurahimov, çap qanot himoyaçisi Xurşid Muxtorov, sönggi mavsumlarda oçilgan Islom Raşidxonov hamda Xitoydagi Osiyo çempionati ğolibi Doniyor Narzullayev ham tark etişdi.

Qarşining «Nasaf» klubi har doimgidek bu mavsum oldidan ham qator futbolçilari bilan xayrlaşdi. Jamoa sardori Umar Eşmurodov «Paxtakor»ga ketdi, asosiy yulduz Aziz Ğaniyev BAAga transfer qilindi.

Bundan taşqari, klubni asosiy töpurar Humoyun Murtazoyev, tayanç yarimhimoyasi yetakçisi Sardor Abdurahimov, çap qanot himoyaçisi Xurşid Muxtorov, sönggi mavsumlarda oçilgan Islom Raşidxonov hamda Xitoydagi Osiyo çempionati ğolibi Doniyor Narzullayev ham tark etişdi.
Şunday bölsa-da, Röziqul Berdiyev yana yaxşi jamoa tuza oldi. Göyo Berdiyev uçun har yili yangi jamoa tuziş şunçaki lego öyinçoğidan uy quriş kabi oddiy işdek. Va yana göyo unda doim zaxira legolari bordek. Murabbiy yetakçilarini yöqotib ham tezda tiklanişni qanday eplaydi?
Avvalo bu yil ham «Nasaf» yaxşi jamoaga aylanişi haqida fikrimizni izohlasak. E'tibor bergan bölsangiz, Röziqul Berdiyev heç bir futbolçini uning örnini egallaşi mumkin bölgan boşqa futbolçi bölmay turib qöyib yubormaydi. Masalan, Umar Eşmurodov «Paxtakor»ga ketişiga rozi bölgan Berdiyev Tailanddagi Osiyo çemionatida Özbekiston şarafini himoya qilgan Husniddin Aliqulov keyinçalik Umar Eşmurodovning örnini egallaşini bilmagan deb öylaysizmi? Husniddin Tailandga «Nasaf» tarkibida har zamonda maydonga tuşadigan futbolçi bölib borib milliy jamoa darajasidagi himoyaçi bölib qaytdi: Abramov uni milliy jamoaga çaqirdi.
Çap qanot himoyaçisi Xurşid Muxtorov ham bejiz qöyib yuborilmagan, Tailanddagi musobaqada yana bir futbolçi porladi. «Istiqlol» va «Navbahor»da ijarada öynagan qanot vingeri Ilhom Alijonov yana «Nasaf»ga qaytgan va katta ehtimol bilan yangi mavsumda asosiy tarkibda öynaydi.
Özi «Nasaf»dan sönggi yillarda qança qanot himoyaçisi çiqqanini sanamoqçi bölsangiz, adaşib ketişingiz heç gap emas. Hozirgi tarkibda ham Alijonovga raqobatçi Şerzod Nasrullayev bor.
Öng qanotni esa Dilşod Saidov allaqaçon öziniki qilib olgan. Druloviç Tailanddagi çempionatda negadir Dilşodga umuman imkoniyat bermadi, vaholanki u Özbekiston çempionatida eng köp golli vaziyatlarda qatnaşgan himoyaçilardan edi. Dilşod ayni damda Özbekistondagi eng yaxşi qanot himoyaçilaridan desak, börttiriş bölmaydi.
Demak, «Nasaf» himoyasi yaxşi holatda desak böladi: markazda Ğolib Ğaybullayev va Husniddin Aliqulov, çapda Ilhom Alijonov, öngda Dilşod Saidov. Darvoqe, himoyadan oldingi çiziq — darvoza haqida. Osiyo çempionati-U23 bahslaridan söng Abduvohid Ne'matov milliy jamoadan çaqiruv oldi. Bu esa «ajdarlar» darvozasida hammasi joyida deganidir.
Berdiyevning yarimhimoyasi ham çakki emas. Köp eslayotganimiz Tailanddagi çempionatda Özbekiston tarkibida eng yorqin öyin körsatgan futbolçi Oybek Bozorov böldi. Özbek futbolini körib yurganlar, ayniqsa «Nasaf» muxlislari uning yaxşi futbolçi ekanini bilardi, ammo aynan şu musobaqadan söng Bozorovni hamma muxlislar yaxşi tanib oldi. U ham milliy jamoaning BAAda ötkaziladigan yiğiniga çaqirildi.

Ğaniyevdan keyin «Nasaf»ning asosiy yulduzi aynan Oybek Bozorov bölişi kutilmoqda. Berdiyevning navbatdagi kaşfiyoti yangi mavsumda öziga bölgan işonçi ortib boşqaça öyin körsatişini taxmin qiliş mumkin. Yarimhimoya hududini nazorat qiladigan futbolçi esa katta ehtimol bilan Şarof Muhiddinov böladi. Milliy jamoa safida ham debyut qilişga ulgurgan Muhiddinov qanot himoyasidan markazga ötib yaxşi pleymeyker ekanini isbotlay oldi.
«Nasaf» muxlislari yarimhimoyada Oybek Bozorov va Şarof Muhiddinovdan taşqari Islom Kenjaboyevdan ham köp narsa kutişadi. Faoliyati juda yaxşi rivojlanayotgan vaqtda jarohat olgan bu futbolçi hozir yana yaxşi holatda. Texnikasi va tezkorligi bilan ajralib turadigan Kenjaboyev Humoyun Murtazoyev ketgaç, hujumda Bobur Abduxoliqovga yordam berişi kerak böladi.
Berdiyevni öylantirayotgan masala aynan hujum bölsa kerak, çunki jamoada ijarada öynab asosiy hujumçiga aylana olgan Humoyun Murtazoyev «Bunyodkor»ga ketib qoldi. Darvoqe, u bilan birga «Bunyodkor»ga ötib ketgan Sardor Abdurahimov örnini murabbiy boşqa futbolçi transfer qilib töldiradimi yoki murabbiy bu pozitsiyaga boşqa futbolçi tayyorlab qöyganmi, buni mavsum boşlangaç bilib olamiz. Har holda tayanç zonasida sof «opornik»ning örni beqiyos, uni oldinga ötib ketadigan yarimhimoyaçi bilan töldiriş imkonsiz.
Demak, hujum haqida gaplaşayotgandik. Bir neça yil oldin «Nasaf» safida Şerzod Temirov degan futbolçi debyut qilganini köpçilik eslasa kerak. Keyinçalik bu futbolçi «Şörtan»ga ijaraga berildi. Böyi baland, boş bilan yaxşi öyin körsatadigan Şerzod Temirov katta ehtimol bilan yangi mavsumda «Nasaf»ga qaytsa kerak.
Aytgança, qarşiliklarning afrikalik legioneri Traore hozirça «Nasaf» safida maydonga tuşa olmaydi, çunki PFL talabiga köra, legioner futbolçi oldingi jamoasida ma'lum muddat öyin amaliyotiga ega bölişi kerak. Şu bois, «Nasaf» Traoreni bir mavsum «Dinamo»ga ijaraga berişi haqidagi taxmin ham yöq emas.
Demak, sözimiz avvalida «Nasaf» qanday qilib har yil yangi jamoa tuza olişi haqida savol bergandik, bunga javob berişga urinib köramiz. Aytiş mumkinki, avvalo «Nasaf»da iş töğri yölga qöyilgan. Klub öz akademiyasiga jiddiy e'tibor beradi. Akademiya avtobuslari yoqilğiga pul topolmay qolganda ham klub uning faoliyatini töxtatib qöymadi va bugun aynan akademiya «Nasaf»ning joniga oro kirmoqda.

Birinçidan, akademiyadan doim yaxşi futbolçilar çiqib turgani murabbiylarda tanlov imkoniyatini oşirmoqda. Yoşlar örtasidagi har bir musobaqadan keyin «Nasaf»ning qator futbolçilari porlab çiqişi ham aynan şu akademiya mevasi. Ikkinçidan, «Nasaf» har yili öz akademiyasi tarbiyalanuvçilari transferidan mömaygina pul işlab olmoqda. Ötgan yil «Paxtakor» Odil Hamrobekov uçun 2,5 milliard söm bergandi, bu yil Aziz Ğaniyev BAA klubiga 620 ming yevroga transfer qilindi. Bundan taşqari, yana köplab futbolçilar mahalliy klublarga ijaraga berildi yoki transfer qilindi. Bir söz bilan aytganda, «Nasaf» köpçilik klublar kabi hokimiyat beradigan «tört söm pul»ga köz tikmay özini özi boqişga harakat qilmoqda.

Jamoa doim yangidan şakllanişni muammosiz uddalayotganining asosiy sababçisi esa şubhasiz, Röziqul Berdiyev. Futbolçilik faoliyatini «Nasaf»da ötkazib, şu klubda yakunlab, murabbiylikni ham «Nasaf»da boşlagan Berdiyev klub ramziga aylangan. Avvallari Yevropa futbolida ba'zi jamoalar butun jamoa nazoratini murabbiylarga topşirar, bunday murabbiylar çinakam menejyer sifatida faoliyat olib borardi. Masalan, «MYu»da ser Aleks Fergyuson, «Arsenal»da Arsen Venger.

Bunday murabbiylar klubdagi hamma narsani nazorat qiladi. Töğri, rasman hamma lavozimlarda kimdir böladi, ammo futbolçining qança maoş olişigaça aynan menejyer-murabbiylar nazorat qilgan. Hozir Yevropada bunday murabbiylar deyarli qolmagan.
Özbekistonda ham butun klub tuzilmasini nazorat qiladigan murabbiylar bormi deysizmi? Bor, albatta. Masalan, Yuriy Sarkisyan şunday inson edi. U öz vaqtida butun «Neftçi»ni nazorat qilardi. Katta murabbiylardan Rustam Mirsodiqovni ham biz sanayotgan toifadagi murabbiylar sirasiga kirita olamiz. Bugungi murabbiylardan Hamid Aktamov ham deyarli şunday murabbiy.

Ammo sönggi yillarda Özbekistondagi heç bir jamoada murabbiyning roli Röziqul Berdiyevniki kabi bölmagan.
Klubda bu qadar katta avtoritetga ega murabbiyning işlaşi jamoa uning atrofida şakllanişiga olib keladi. Murabbiy atrofida birlaşgan jamoa esa inqirozga yuz tutmaydi. Boşqa murabbiylar klubining örinbosarlar jamoasida qanday futbolçilar öynaşini ham bilmasligi mumkin, ammo Berdiyev «Nasaf» akademiyasi jamoasidagi uçinçi darvozabonni ham tanisa kerak. Çunki bizning klublardagi köpçilik murabbiylar pul işlaş uçun har yil jamoa almaştiradi, Berdiyev esa «Nasaf»ga şunçaki jamoa sifatida qaramaydi.
Boşqa klublarda futbolçilar murabbiy iste'foga çiqişini oddiy qabul qilişi, bunga e'tibor ham qilmasligi mumkin, ammo «Nasaf» futbolçilari öyinlari çiqmayotgan vaqtda murabbiylarini yuqori lojadagi odamlar çaqirib qolganini sezsa, u uçun ham ikki hissa yaxşiroq öynab derbilarni yutib ketişadi.

Ha, «Nasaf»da murabbiy uçun öynaş degan narsa şakllangan, çunki jamoani şunga munosib inson boşqaradi.

«Nasaf» bu yil çempionlik uçun kuraşadimi yöqmi aytiş qiyin. Bu qadar kuçli «Paxtakor»ga qarşilik körsatiş oson bölmaydi. Ammo bir narsa aniq, «Nasaf»da doimgidek JAMOA böladi. Siz uçun qanday bilmadim, lekin şaxsan men uçun mavsum oldidan tarkibini taxmin qiliş mumkin bölgan, ya'ni mavsum oldidan asosiy tarkibi aniq bölib ulgurgan jamoa kuçli. Bunday jamoalar sirasiga bizda «Paxtakor» va «Nasaf»ni kiritiş mumkin.

Nima deb öylaysiz, Tailandda porlagan şogirdlari bilan Berdiyev çempionlik uçun kuraşa olarmikin?..
Ötkir Jalolxonov











