Qömita axborot xizmati vakili Husan Tangriyevning ma'lum qilişiça, tanqidiy ruhda ötgan yiğilişda taşkiliy masalalar körilgan.
Xususan, Toşkent şahar bojxona boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, 2 nafar örinbosarlari, boşqarmaning 4 nafar bölim boşliqlari, 2 nafar bojxona posti boşliqlari, «Ark-buloq» bojxona posti boşliği örinbosari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.
«Şuningdek, Toşkent şahar bojxona boşqarmasi boşliğining yangilangan tarkibdagi örinbosarlari jamoaga taniştirildi.
Jumladan, B.Muratov Toşkent şahar bojxona boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari etib, N.Salimjonov va N.Usmonov boşqarma boşliği örinbosarlari etib tayinlanişdi.
Boşqarma bölimlariga ham boşliqlar tayinlandi», – deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, bojxona sohasida «tamagirlikka mukkasidan ketgan xodimlar uçrab turgani» heç kimga sir emas.
«Xöş, ular nima uçun bunday qilmişlarga qöl uradi? Çunki qonun ustuvorligini his qilmaydi, öziga haddan taşqari bino qöyadi. Bundaylarga qarşi kuraş tizimda uzluksiz davom ettiriladi», – deya izoh berdi Husan Tangriyev.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda bojxona postlaridan birining rahbari hibsga olingani va uning uyidan 400 ming dollar topilgani haqida gapirgan edi.
«Keça bitta post rahbari qamaldi. Uyida 400 ming dollar. Bir kiçkina post rahbari. Bu hali bir kunlik. Biz dunyo hamjamiyati bizni tan olişi uçun harakat qilyapmiz. Şunday paytda bu kabi işlar davom etsa, nima böladi?
Mana şu tizimga rozi bölmagan kişini xalq oldida rahbar bölişga haqqi yöq, tönini taşlasin», – degandi prezident.












