Ilhom Ne'matovning ma'lum qilişiça, “Rosatom” davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixaçyovning Özbekistonga yaqin kunlarda taşrifi kutilyapti. Şuningdek, u Şavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga taşrifi davomida AES qurilişi böyiça şartnoma imzolanişiga doir savolga javob qaytardi.

“Rosatom” davlat korporatsiyasi rahbari Aleksey Lixaçyovning Özbekistonga yaqin kunlarda taşrifi kutilyapti. AES qurilişi böyiça şartnomani imzolaş uçun köp örganiş kerak. Köp iqtisodiy, texnik tomonlari bor. Şuning uçun ham hozirgi kunda örganilyapti. Hozirgi kunda bunga tayyorgarlik körilyapti. Agar ulguradigan bölsak, albatta imzolanadi”, - dedi Ilhom Ne'matov.

Eslatib ötamiz, 2018 yilning sentyabrida Özbekiston va Rossiya örtasida AES qurilişida hamkorlik qiliş böyiça bitim imzolangandi. Unga köra, «Rosatom» Özbekistonda VVER-1200 reaktor qurilmasiga ega «3+» avloddagi ikkita energoblokdan iborat majmua quradi. 
  
AES qurilişini 2022 yilda Jizzax viloyati hududidagi Tuzkon köli yaqinida boşlaş rejalaştirilgan. 

Avvalroq, Lixaçyov jurnalistlar bilan suhbatda korporatsiya 2019 yil oxiriga qadar AES qurilişi böyiça asosiy şartnomani imzolaşi va 2020 yil boşida stansiya qurilişi maydonida işlar boşlanişini ma'lum qilgandi.