Forum 16-17 fevral kunlari Dubayda bölib ötadi. Unga taklif etilganlar orasida AQŞning birinçi xonimi Ivanka Tramp, Buyuk Britaniya sobiq boş vaziri Tereza Mey kabi dunyoning nufuzli ayollari ham bor.

Ikki kunlik anjumanda 87ta davlatdan jami 3 mingdan ortiq delegat qatnaşişi kutilyapti. 60dan ziyod vorkşop va sessiyalarda turli mavzular muhokama qilinadi.

Foto: Global Women's Forum Dubai

Jumladan, Saida Mirziyoyeva Özbekistonda gender tengligini ta'minlaş borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma'ruza qiladi.

Eslatib ötamiz, Mirziyoyeva 2019 yil aprelidan 2020 yil yanvariga qadar Özbekiston prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida direktor örinbosari sifatida faoliyat olib borgan, fevral oyidan Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondida iş boşlagan edi.