Bobur siymosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun dunyo hamjamiyati tomonidan iste'dodli şoir, adolatli hukmdor, islom dinining Hindiston hududida keng tarqalişi, bu yerdagi tabaqaviy diskriminatsiya va xurofotga barham berilişida muhim rol öynagan şaxs sifatida e'zozlanadi.

Bobur (taxallusi «şer» ma'nosini anglatadi, töliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarşayx Mirzo; (1483 yil, Andijon − 1530 yil, Agra) – şoir, tarixçi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asosçisi, temuriy şahzoda.

Otasi Umarşayx Mirzoning bevaqt halokati tufayli 12 yoşida taxtga ötirişga majbur böladi. Katta bobosi (Amir Temur – Mironşoh – Sulton Abusaid – Umarşayx Mirzo – Zahiriddin Muhammad) Amir Temurning vafotidan söng tarqoqlikka yuz tutgan Movarounnahrni birlaştirişga kirişadi, ammo şimoldan bostirib kelgan Muhammad Şayboniyxon qarşiligini yenga olmaydi.

Natijada janubi-şarqqa – Afğoniston tomonga çekinişga majbur böladi. U yerdan Hindistonga ötib, XIX asr örtasiga qadar hukm surgan Boburiylar sulolasiga asos soladi.

Zahiriddin Muhammad Bobur «Hind devoni» va «Kobul devoni»da jamlangan ğazal va ruboiylari bilan adabiyotda ham öçmas iz qoldirdi. Uning qalamiga mansub memuar – «Boburnoma» XV-XVI asrlar tarixini tiklaşda muhim ahamiyatga ega. Asarda hozirgi Markaziy Osiyo hamda Hindiston yarimoroli bilan boğliq siyosiy, iqtisodiy, geografik ma'lumotlar jamlangan.

Hindistonning sobiq boş vaziri Javoharlal Neru özining «Hindistonning kaşf etilişi» kitobida Boburni şunday tasvirlaydi: «Bobur – dilbar şaxs edi. Uyğoniş davrining ajoyib sultoni, kuçli, tadbirkor kişi bölib, san'atni, adabiyotni, gözallikni sevardi».

Ingliz tarixçisi Eduard Xolden Boburni «fe'l-atvoriga köra Tsezarga qaraganda sevişga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qöyilgan», deb ta'riflaydi.

«Boburnoma» tarjimoni Uilyam Erskinning fikriça, «saxovati va mardligi, iste'dodi, ilm-fan, san'atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli şuğullanişi jihatidan Osiyodagi podşohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podşoh topilmaydi»

Kun.uz muxbiri Özbekiston xalqi tarixidagi ikki muhim şaxs – Alişer Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqida yoşlarning qançalik bilimga egaligini biliş maqsadida poytaxtning Talabalar şaharçasida kiçik sörovnoma ötkazdi.

Savollar oson, yoşlar qiynalibroq bölsa ham javob topişdi. Javoblar orasida hayratlanarlilari ham bor.