“Dunyo hozirda haqiqatan juda xavfli tus olgan. Oçiqçasiga aytiş kerak, xalqaro xavfsizlikka tahdidlar va ixtiloflarni hal qiliş uçun jamoaviy harakatlar yetarli bölmayapti. Qurol poygasi avj olayotgan bir vaqtda odamlar halok bölişda davom etmoqda”, deb ta'kidlab ötgan Işinger öz nutqida. U hozirgi davrni “jazolanmaslik davri” deb atagan hamda davlatlar “bir-biri haqida emas, balki bir-biri bilan gaplaşişi kerakligini” aytgan.
Işinger BMT kabi xalqaro institutlarni mustahkamlaşga çaqirgan.
Anjumanda 800 dan köproq delegat, jumladan 150 taga yaqin davlatning rahbarlari, boş vazirlari va hukumat a'zolari iştirok etadi.
Myunxen anjumani 1963 yilda NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirliklari vakillarining yiğilişi sifatida taşkil etilgan. Hozirda xalqaro anjuman önlab davlatlarning siyosatçilari, diplomatlari, harbiylari, tadbirkorlari, ilm-fan va jamoat arboblari uçun xalqaro munozara maydoniga aylangan.
Anjuman an'anaviy ravişda Myunxenning tarixiy markazida joylaşgan Bayerischer Hof mehmonxonasida bölib ötadi.
2019 yilda anjumanda 600 dan köproq delegat iştirok etgan. Unda asosiy e'tibor Yaqin Şarq, Arktika, Bolqon, Qora dengizdagi vaziyatlarga, energiya xaavfsizligi va kiberxavfsizlik, qurollanişni nazorat qiliş masalalariga qaratilgan.












