Majlisda qonun loyihasi ikkinçi öqişda moddama-modda körib çiqildi. Unda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilişini taʼminlaş hamda bu yönalişda masʼul şaxslarning javobgarligini oşiriş nazarda tutilgan.
Xususan, Jinoyat kodeksiga sanoat xavfsizligi talablarini buziş oqibatida fuqarolarning hayoti va soğliğiga zarar yetkazilgan holatlar uçun qatʼiyroq javobgarlik çoralarini belgilovçi normalar kiritiş taklif etilmoqda.
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilayotgan özgartişlar esa mansabdor şaxslarning quyidagi holatlar uçun javobgarligini belgilaş va kuçaytirişni közda tutadi:
- sanoat xavfsizligi talablariga rioya etmaslik;
- xavfli işlab çiqariş obyektlarida davlat nazoratini taşkil etmaslik;
- avariyalarning oldini oliş va ularning oqibatlarini bartaraf etişga tayyorgarlik köriş talablarini bajarmaslik.
Şuningdek, sohadagi islohotlardan kelib çiqib, vakolatli organlarning vazifalari aniqlaştirilmoqda.
Qonun loyihasi uçinçi öqişda qabul qilinib, Senatga yuborilgan. Taqdim etilgan axborotda taklif qilinayotgan jazolarning aniq turlari va miqdorlari keltirilmagan.

















