Mahalla vakillaridan biri özlarini qiynayotgan muammoni quyidagiça bayon etdi.

— Bu yerda aholi istiqomat qilayotganiga 30 yil böldi. Mutasaddilarga ming rahmat, mahallamizda elektr va gaz ta'minotida muammo yöq.

Biroq, köçalarimizning ahvoli abgor. Bolalar maktabga qatnaşda qiynalmoqda. Içimlik suvi yöqligidan xotin-xalaj 500-600 metr nariga, köça boşiga borib artezian quduqdan suv taşib kelmoqda. Ayniqsa, erta tongda va şom tuşgandan keyin odamlar qiynalmoqda.

Svet-gazimiz bor, ming marta rahmat, lekin yöl va suv bizni qiynab kelmoqda, — deydi şu mahallada istiqomat qilayotgan oqsoqollardan biri Nuriddin Saidov.

Ha, mahalla ahli elektr uzatiş liniyalari va simyoğoçlar yangilanganidan, quvurlardan tabiiy gaz kelib turganidan xursand. Çunki mana şu oddiy şaroitlarga ega bölmagan qişloqlar şu tumanning özida ham önlab topilsa kerak.

Lekin ular qişloği farovon bölişini, şahardan kam bölmagan şaroitlarda yaşaşni ham istaydi: farzandlarining maktabga qatnaşi uçun yölning abgor holatidan norozi. Heç bölmasa, yomğir-qor yoğganda şalabboga aylanuvçi loy köçalarga şağal yotqizilişini istaşmoqda. Bu borada ular mutasaddi taşkilotlarning yordamiga muhtoj. Loy köçalar qişloqliklarni yoğin-soçinli fasllarda şoşirib qöysa, suv muammosi yil böyi qiynab kelmoqda.

Boz ustiga, aholi vakillariga köra, mahalla uçun ajratilgan yölning bir qismini fermer ariq qazib egallab olgan. Ularning bu vajlariga ham mutasaddi taşkilotlar tomonidan aniqlik kiritiş talab etiladi.

Xöş, Qiziloyning işga qatnaydigan aholisi, maktabga şu köçadan boradigan farzandlari loydan xalos bölişadimi? Bu borada mutasaddilar nima deydi? Qiziloyliklarni qiynayotgan masalalarni hal etişning imkoni bormikan?

Şuhrat ŞOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.