Hamşira Yançjou provinsiyasida koronavirusdan zararlanganlar palatasiga kiriş oldidan
COSTFOTO/BARCROFT MEDIA VIA GETTY IMAGES

Unga har kuni harorati kötarilgan va infeksiyaning boşqa simptomlari aniqlangan önlab bemorlarni yuborişadi. Yao koronavirus yuqtirgani gumonlanganlardan qon tahlili oladi va testlar ötkazadi.

Epidemiya boşlangan vaqtda klinikada zarur vositalar yetarli emasdi, ammo hozir vaziyat yaxşilangan. Xususiy kompaniyalar va davlat yordami bilan şifoxona zarur dori-darmonlar va qurilmalar bilan ta'minlangan. Ammo hamon şifokorlarga himoya niqoblari va kiyimlar yetişmovçiligi kuzatilmoqda, bu vositalarni tejaşga töğri kelmoqda.

«Klinika rahbariyati biz front çiziğidagi askarlar qatori ekanimizni aytgan. Biz qurolsiz ham jang qilamiz», - deydi Yao Bi-bi-si muxbiriga.

Bu klinikada tibbiy xodimlar amalda tanaffussiz, ovqatlaniş yoki hojatga çiqişga ham vaqti bölmay işlamoqda. Köplab şifokorlar uyga borişga kuç qolmaganidan şu yerda uxlaşmoqda.

Yao iş kuni yakunlangaç, bir neça himoya kiyimlarini yeçadi, kiyimlar terdan jiqqa höl bölgan. Ayol şifokorlarning yuzi doimiy ravişda himoya niqobi kiyib yuriş oqibatida yara bölib ketgan.

Klinikaning boşqa köplab xodimlari kabi, Yao yangi yil ta'tillarini oilasi bilan ötkazişni istagan, ammo, birinçidan, ularni zararlantirişdan qörqişgan, ikkinçidan, ular şifoxonada kerak.

Barça koronavirusga qarşi kuraşga

Epidemiyani yaşirişga uriniş va unga qarşi yetarli darajada reaksiya bildirilmayotgani uçun ijtimoiy tarmoqlarda qattiq tanqidga uçragan Xitoy hukumati millatni virusga qarşi kuraşga safar qilişga qaror qildi.

Politsiyaçi zamonaviy Xitoy davlati asosçisi Mao Tszedunning portretini qöriqlamoqda

Xitoy davlat kanallari xabarlariga köra, mamlakatdagi harbiy-tibbiy institutlarning xodimlari epidemiya tarqalişi boşlangan Xubey provinsiyasiga virusga qarşi kuraş uçun jönatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga köra, Xubeyga xodimlar bilan birga talabalar ham yöl olgan. Telegramdagi Koronavirus/2019-nCoV kanalida joylaştirilgan videoda talaba ekani taxmin qilinganlardan biri şunday deydi: «Ekspeditsiya ertaga boşlanadi, jihozlar tayyor, jami 160 kişi Xubeyga yordam uçun otlangan».

Economist jurnali yozişiça, ayrim qişloqlarda yana radiokarnaylar (dinamiklar) işlatila boşlangan, öz vaqtida ulardan kolxozlardagilarni yanada köproq işlaşga çorlangan siyosiy şiorlar translatsiyasi uçun foydalanilgan.

Hozirda radiokarnaylar orqali uzzukun koronavirusga qarşi kuraş jarayoni böyiça sönggi ma'lumotlar, kasallanganlar soni va epidemiya vaqtida qanday harakatlaniş böyiça körsatmalar e'lon qilib borilmoqda.

Xitoy Kommunistik partiyasi koronavirusga qarşi kuraşni «Xalq uruşi» deb atagan. Bunday uruş esa madhiyalar va raqslarsiz ötarmidi?

«Oilaviy şifokor» gazetasining Weibo tarmoğidagi rasmiy kanalida Uxanda olingan video joylaştirilgan, unda şifoxonadagi bemorlar va tibbiy xodimlar «Kommunistik partiyasiz yangi Xitoy bölmasdi» nomli qöşiqni kuylaşganini köriş mumkin. Gazetaning yozişiça, şu tariqa ular bemorlardan birining tuzalişini nişonlaşgan.

CCTV davlat kanali esa Xubey provinsiyasidagi boşqa bir vaqtinça şifoxonadagi bemorlar va tibbiy xodimlar ruhni kötariş uçun raqs tuşişayotgani tasvirlarini namoyiş etgan.

Economist naşrida e'lon qilingan maqolada aytilişiça, Çande okrugi markazidan uzoq bölmagan hududda joylaşgan Fukinşan qişloğida köngillilar otryadi Xubey viloyatidan kelayotganlarni ortga qaytarib yubormoqda. 

Kommunistik partiyaning çekka qişloqlardagi faollari rahbariyatga ayrim qöşnilar taqiqlarga qaramay uydan çiqayotgani va yiğilişlar ötkazişayotgani haqida xabar bergan.

Xebey provinsiyasidagi Tanşan şahrida mahalliy hukumat aholiga itlarini aylantirib yurişni taqiqlagan.

Bi-bi-si muxbirlaridan birining ota-onasi Şandunda ularga ikki hafta davomida köçaga çiqmaslik haqida körsatma berilgani haqida aytib berişgan. Qişloqlardan farqli ravişda şaharda partiyaning köz-quloği bölgan faollar yordamiga ehtiyoj sezilmaydi, hukumat taqiqiga rioya qilinişi kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi.

Koronavirus siyosiy inqirozga olib kelişi mumkinmi?
Köplab xitoyşunos ekspertlar hozirgi inqirozli holat Kommunistik partiyaning mamlakatdagi hokimiyatini yanada mustahkamlaşidan xavfsiramoqda. Boşqalarning fikriça esa, partiya qançalik qudratli bölmasin, bundan buyoğiga «gaykalarni aylantiriş» qiyinlaşadi.

Xitoy hukumati ijtimoiy tarmoqlarni senzura qilmoqda / Reuters

Köplab ekspertlar bitta fikrda yakdil - hozirgi inqiroz XXR raisi Si Tszinpin hokimiyatini yanada mustahkamlaydi.

Axir partiyalar vakillari va davlat telekanallari joylardagi amaldorlar yangi virus haqidagi ma'lumotlarni yaşirişga uringan va vaqtida kerakli çoralar körmagan mahalliy amaldorlar aybdorligi haqida aytmoqda. Ular Si Tszinpin Xubeydagi amaldorlarni işdan olib, vaziyatni töğriladi.

Xususan, Xitoy Kommunistik partiyasining provinsiyadagi kotibi Tszyan Çaolyan lavozimini yöqotdi - uning örniga Sining safdoşi, Şanxayning sobiq meri In Yun tayinlandi.

Sinxua axborot agentligi xabariga köra, partiyaning Uxan şahridagi rahbari Ma Gotsyan ham işdan böşatilgan.

Si Tszinpinning özi Uxanga bormadi va buning uçun ham uni ijtimoiy tarmoqda tanqid qilişdi. Lekin u Pekindagi şifoxonaga taşrif buyurib, şaroitlar bilan tanişdi va öz tana haroratini ölçatdi.

Pekindagi şifoxonalardan birida XXR rahbari Si Tszinpinning haroratini ölçaşmoqda / EPA

Yanvar oyi oxirida vaziyatni hal qiliş uçun Xubey provinsiyasiga XXR Boş kengaşi boş vaziri Li Ketsyan taşrif buyurgandi.

Hozirda davlat rahbari Xubeyga yana bir yaqin kişisini, partiyaning markaziy siyosat va qonunçilik masalalari böyiça qömitasi rahbarini yuborgan. U Xubeydagi epidemiya oqibatlariga qarşi kuraş böyiça milliy jamoa rahbari örinbosari etib tayinlangan.

Milliy jamoa provinsiyada ön kun içida ikkita gospital qurdi va bir neça stadionni tibbiy jihozlar bilan jihozladi. Hozirda mamlakatning turli hududlaridan Xubeyga dori-darmon, qurilmalar va oziq-ovqatlar jönatilmoqda.

Şuning uçun, ijtimoiy tarmoqda hukumat tanqid qilinayotganiga qaramay, Kommunistik partiya rahbariyatida jiddiy özgarişlar bölişini kutişga hojat yöq.

«Partiya rahbariyatidagilar orasida hozirda Si Tszinpinga çorlov qila oladigan jasuri yöq» - deb hisoblaydi Bi-bi-sining Hongkongdagi Xitoy xizmati muxbiri Fen Vang. 

U Uxan aholisi vakillari orasida sörov ötkazgan, öz şaxsi anonim qolişini istagan uxanliklardan mamlakat rahbariyati faoliyatiga baho beriş söralgan.

«Menimça, hukumat yetarli darajada yaxşi işlamoqda, inqirozli holat tez orada hal qilinişi kerak. Bunday vaziyatlarda biz faqat hukumatimizga tayanişimiz mumkin», - deb hisoblaydi aholi vakillaridan biri.