Ebola virusining Bundybugyo ştammi tarqalişi kuzatuvning birinçi oyida tarqaliş sur’ati böyiça Afrikadagi eng kattasi böldi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob beriş departamenti direktori Abdurahmon Mahmud ma’lum qildi.
Kongo hukumati ma’lumotlariga köra, laboratoriyada 1048 ta Ebola holati tasdiqlangan, 267 kişi vafot etgan. Şu bilan birga, birinçi 250 kişi epidemiya boşlanganidan keyin 37 kun içida vafot etdi. 2014-2016 yillardagi epidemiya paytida xuddi şunday ölimlar soni 78 kunda, 2018-2019 yillarda esa 130 kunda qayd etilgan.
Kongoda yangi ştammning tarqalişi may oyida boşlangan. Hozirça unga qarşi vaksina va davo yöq. JSST vaksinani yaratişga olti oydan töqqiz oygaça vaqt ketişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Vaziyat şu bilan murakkablaşmoqdaki, kasallik mamlakatning qurolli mojaro davom etayotgan viloyatlarida tarqalmoqda.













