Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) Ebola bezgagini yuqtirganlar soni 10,4 ming kişiga yetdi, ulardan qariyb 5,4 ming nafari vafot etdi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib, Bloomberg naşri xabar berdi. Eboladan ölim körsatkiçi 51,6 foizga yetdi.
KDR rasmiylari Ebolaning bu safargi avj olişini mamlakat tarixidagi eng halokatli va eng keng kölamli deb eʼtirof etmoqda. Kasallanganlar va vafot etganlarning asosiy qismi KDR hissasiga töğri kelsa-da, Uganda, Keniya va Fransiyada ham virusni yuqtiriş holatlari qayd etilgan.
Kasallikning asosiy öçoği KDR Ituri provinsiyasi bölib qolmoqda - virusni yuqtiriş holatlarining aksariyati aynan şu hududga töğri keladi.
Şunga qaramay, Ebola eng halokatli virus hisoblanmaydi. Masalan, quturiş kasalligi alomatlar paydo bölgaç, deyarli har doim ölim bilan yakunlanadi, Marburg virusining ayrim avj oliş davrlarida esa ölim darajasi 80-90 foizga yetgan. Biroq ölim körsatkiçining yuqoriligi aholi uçun xavf ham şunçalik yuqori ekanini anglatmaydi: bunday viruslar odamdan-odamga qiyin yuqadi va ularning tarqalişini tezda jilovlaş mumkin. Umumiy hisobda, ölim darajasi past, ammo yuqumliligi yuqori bölgan viruslar, masalan, gripp va COVID-19 eng köp insonlarning hayotiga zomin böladi.












